«Navro‘z» to‘yxonasi oldidagi avtoturargohda o‘g‘irlik jinoyati sodir etildi
Joriy yilning 2 may kuni noma'lum shaxs Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani KXAY ko‘chasida joylashgan “Navro‘z” to‘yxonasi oldidagi avtoturargohda qarovsiz qoldirilgan 33 yoshli M.M.ga tegishli “Nexia” rusumli avtomashinasini old tomon oynasini sindirish yo‘li bilan ochgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u mashina salonidan 5 mln. so‘m puli va 800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yakkasaroy tumani Mirahmedov ko‘chasida yashovchi 40 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:27 / 25.09.2024
Toshkentdan olib qochilgan mashina Qamchiq dovonida ushlandi
12:09 / 16.09.2024
Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida ta’mirlash ishlari qurilish joyi o‘rab olinmay qilinyapti
17:15 / 25.07.2024
Chorsudagi tilla do‘konida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan o‘g‘irlik sodir etildi
14:51 / 08.07.2024