13:57 / 29.07.2019
8109

Uchta sariq kartochka olgan Sampaoli tarixga kirdi

Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi sobiq murabbiyi Xorxe Sampaoli futbol tarixiga kirdi. Ayni damda «Santos»da ishlayotgan murabbiy uchta ogohlantirish uchun diskvalifikatsiya qilingan futbol tarixidagi ilk murabbiyga aylandi.

FIFAning oldingi qoidalariga ko‘ra murabbiylar qizil kartochka olsagina diskvalifikatsiya qilinardi. Yangi qoidada esa murabbiylar ham xuddi futbolchilar kabi surunkali sariq kartochkalar uchun ham diskvalifikatsiyaga uchrashi mumkin.

Braziliya chempionati doirasidagi «Avai»ga qarshi o‘yinda Sampaoli hakam tomonidan ogohlantirildi va bu uning chempionat doirasidagi uchinchi sariq kartochkasi bo‘ldi. Shu bois murabbiy «Goyyas»ga qarshi keyingi tur o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Mavzuga oid
Top