Andijon shahri hokimi ishdan ketdi. Shaharga vaqtinchalik hokim tayinlandi
Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev ishdan ketdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
26 avgust kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilingan. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirokida o‘tkazilayotgan mazkur yig‘ilishda Bahromjon Nosirboyevich Haydarov vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirildi.
Bahromjon Haydarov 1972 yil tug‘ilgan, ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - iqtisodchi, moliya. U 2018 yil fevral oyidan buyon Andijon viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Dilmurod Rahmatullayev 2016 yildan buyon Andijon shahriga hokimlik qilib kelayotgandi. U 2017 yilning kuzida Andijon shahridagi qator ta'lim muassasalarining rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda mashhur bo‘lgandi.
Dilmurod Rahmatullayev 2018 yilning aprelida bosh vazir ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda shahar ko‘chalarini obodonlashtirish uchun, budjet tashkiloti xodimlari, jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt ko‘chatlarini ancha qimmat narxga sotib olishga majburlagani uchun hayfsan olgan, bosh vazir u oxirgi marta ogohlantirilayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024