23:50 / 30.08.2019
0
42773

Hijriy taqvim bo‘yicha yangi 1441 yil kirib keldi

Hijriy yil hisobi bo‘yicha 30 avgust shomdan keyin yangi 1441 yil kirib keldi. 

Islom dinida yangi yil kirib kelishi diniy bayram hisoblanmasa-da, odatda musulmonlar bir-birlarini bu munosabat bilan tabriklaydilar. Yangi yil muharram oyi bilan boshlanadi. “Muharram” so‘zi hurmatlangan, harom qilingan, ulug‘langan ma'nolarini anglatadi. Darhaqiqat, muharram oyi hurmatli oydir. Muharram oyi Alloh taolo urushni harom qilgan to‘rt oydan biridir. Ushbu oy qolgan yana 3 ta oy – rajab, zulqad'a va zulhijja oylari bilan bir qatorda Qur'oni karimda zikr qilingan bo‘lib, ushbu oylarda har qanday ixtiloflar, urushlar va o‘ch olishlar man etilgan.

Muharram oyining 10-sanasi – Ashuro kuni ayniqsa qadrlanadi. «Ashuro» so‘zi lug‘atda «o‘ninchi» degan ma'noni bildiradi. Musulmonlar shu kuni ro‘za tutadilar. 2019 yilda ushbu kun 10 sentyabrga to‘g‘ri kelmoqda. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top