O‘zbekistonning to‘rtta shahrida VII Yevropa kinosi festivali bo‘lib o‘tadi

Foto: Depositphotos
“O‘zbekkino” milliy agentligi, Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi bilan birga, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi (EOAVMA) ko‘magida 11 oktyabrdan 10 noyabrgacha VII Yevropa kinosi festivali bo‘lib o‘tadi.
“O‘zbekkino” axborot xizmati xabariga ko‘ra, bu yilgi festival dasturida Toshkent, Nukus, Urganch va Jizzax shaharlaridagi katta ekranlarda Yevropaning yetakchi rejissyorlari tomonidan yaratilgan filmlar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.
Ochilish marosimi 11 oktabr kuni Toshkentda, EOAVMA “Media-xoll” binosida soat 18:00da bo‘lib o‘tadi. Tantanali ochilish marosimidan so‘ng “Belgiyaliklar Qiroli” badiiy filmi namoyish etiladi. Festival Toshkentda joriy yilning 18 oktabr kuniga qadar davom etadi.
VII Yevropa kinosi festivali doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida – 24-26 oktabr, Xorazm viloyatining Urganch shahrida – 1-3 noyabr va Jizzax viloyatining Jizzax shahri kinoteatrlarida – 8-10 noyabr kunlari namoyish etiladi.
Festival doirasida Yevropaning 12 mamlakati: Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Italiya, Latviya, Niderlandiya, Finlyandiya, Fransiya va Shvetsiyaning taniqli rejissyorlari tomonidan yaratilgan 10 ta film taqdim etiladi.
Bular: “Belgiyaliklar Qiroli” komediya janrida suratga olingan drama, “Qishdagi Luiza” animatsion filmi, “Stefan Tsveig: Yevropa bilan xayrlashuv” hujjatli filmi, “Imtihon” va “Kichik fermer” dramalari, biror bir inson kadrga tushmagan “Homo sapiyens” filmi, “Uzoqdagi kuchuklar hayqirig‘i” hujjatli filmi, kriminal elementlariga ega “Chyambra” dramasi, “Hayotdagi eng baxtli kun” nomli quvnoq hujjatli film va “Jannat 89” badiiy filmlaridir.
Barcha filmlar rus va o‘zbek tilidagi subtitrlar bilan asliyat tilida namoyish etiladi. Barcha kinoseanslarga kirish – bepul.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 21:37
-
Google eng kuchli sun’iy intellekt protsessorini taqdim etdi
Fan-texnika | 21:35
-
Xitoyda kuchli shamol sabab vazni 50 kilodan yengil aholiga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilindi
Jahon | 21:31
-
Rossiyaning birinchi tashqi ishlar vaziri «chet el agenti» deb e’lon qilindi
Jahon | 21:02
Mavzuga oid

18:00 / 16.05.2024
Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘zaro hamkorligi 30 yilligini festival, ko‘rgazma va gala-konsert bilan nishonlamoqda

17:15 / 12.11.2020
«Article»: Turk seriallari haqida siz bilmagan faktlar

18:28 / 21.09.2020
Xorijiy kinokompaniyalar O‘zbekiston hududida qilgan xarajatlarning bir qismi qaytarib beriladi

22:41 / 25.08.2020