Sport | 17:32 / 20.11.2019
21443
1 daqiqa o‘qiladi

Hijobda janglarga tushgan yakkakurashchi qiz jangdan keyin vafot etdi

Britaniyalik 26 yoshli Saida Olataha kikboksing bo‘yicha musobaqa vaqtida olgan bosh jarohatidan keyin vafot etdi. Bu haqda Daily Star nashri xabar berdi. 

16 noyabrda sportchi Sautgemptondagi Fast and Furious Series havaskorlik musobaqasida ishtirok etgan. Biroq bu musobaqa u uchun fojiali yakunlandi: qiz o‘zini yomon his qilib, hushini yo‘qotgach, shifoxonaga jiddiy jarohat bilan yetkazilgan. Ertasi kuni shifokorlar Saidaning vafot etganini qayd qilishgan.  

Musobaqa tashkilotchilari qizning yaqinlariga hamdardlik bildirishgan. Xempshir grafligi politsiyasi sportchining o‘limini tergov qila boshlagan. Musobaqa tashkilotchilarining ta'kidlashicha, ular ishtirokchilar xavfsizligini ta'minlashga harakat qilishgan.

Saida Eronda tug‘ilib, Angliyada yashagan va jangovar san'at turlari bilan shug‘ullangan. Sportchi mashg‘ulotlarni va musobaqalarni hijobda o‘tkazgan.

Mavzuga oid