Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poraxo‘rlikni yo‘q qilish uchun faqatgina jazo, repressiv choralar kifoya emas - Sodiq Safoyev
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning fikricha, poraxo‘rlikni yo‘q qilish uchun faqatgina jazo, repressiv choralar kifoya emas, uning iqtisodiy, huquqiy, institutsional va ijtimoiy ildizlarini bartaraf etish lozim. U bu haqda Oliy Majlis Senatining ayni paytda davom etayotgan 24-yalpi majlisidagi ma'ruzasida to‘xtaldi.
Sodiq Safoyev xususiylashtirish va monopoliyaga barham berish masalalari korrupsiyaga aloqadorligi, chunki uning birlamchi ildizi iqtisodiy tizimda ekani, o‘ta markazlashgan, iqtisodiy faoliyatga nisbatan o‘rnatilgan turli xildagi cheklanishlar mavjud jamiyatlarda poraxo‘rlikka zamin yaratilishini ta'kidladi.
“Xabaringiz bor, davlat xavfsizligiga jiddiy raxna soluvchi bu jinoyatga qarshi mamlakatimizda tizimli kurash olib borilmoqda. Biroq korrupsiyaga qarshi kurash sohasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samarasi past. Bosh prokuratura tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga ko‘ra, shu yil mobaynida turli vazirlik va idoralarning 865 nafar mansabdor shaxsi korrupsiya alomatlari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi. Poraxo‘rlikni yo‘q qilish uchun faqatgina jazo, repressiv choralar kifoya emas. Uning iqtisodiy, huquqiy, institutsional va ijtimoiy ildizlarini bartaraf etish lozim”, deya Sodiq Safoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuraturaga korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi vaziyat hamda ko‘riladigan chora-tadbirlarga oid parlament so‘rovi yuborishni taklif qildi.
Avvalroq, Sodiq Safoyev Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborotini muntazam ravishda eshitish amaliyotini joriy qilish maqsadga muvofiqligini aytgan edi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026