Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisidagi çiqişi davomida Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev boşqaruv sohasidagi islohotlarning hal qiluvçi yönalişi davlatning iqtisodiyotga töğridan-töğri aralaşuvini qisqartiriş ekanini aytib ötdi.
"Bu sohada oxirgi uç yil mobaynida katta özgarişlar röy berdi. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi 86ta litsenziyalanadigan faoliyat turi va ruxsat beriş tartib-taomili bekor qilindi. Natijada, xususiy tadbirkorlik bilan şuğullanayotganlar soni 25 foiz köpaydi. Köp tarmoqlarda raqobat ortdi: şu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, mebel, töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişda. Quriliş materiallari, kabel mahsuloti va pul ötkaziş xizmati kabi yuqori darajada monopoliyalaşgan sohada yakka hukmronlikka barham berildi. Umuman, mamlakatda monopol korxonalar soni ikki barobar qisqardi.
Ammo bu sohada öz yeçimini kutayotgan tizimli masalalar közga taşlanmoqda.
Tovar va moliya bozorlarida davlat iştirokidagi xöjalik yurituvçi sub'yektlar mavqei baland. Ular monopoliyalarning 80 foizini taşkil qilmoqda va öz nazoratlari ostida bölgan tuzilmalar taşkil etib, raqobatga salbiy ta'sir körsatmoqdalar. Bugun bunday korxonalar soni 4,3 mingdan ortiqni taşkil etadi.
Davlat iştirokidagi xöjalik yurituvçi sub'yektlarning samarasizligi subsidiya beriş, soliq va bojxona imtiyozlari, imtiyozli kreditlarni taqdim etiş şaklidagi davlat kömagi bilan qoplanmoqda.
Moliya va kapitallar bozorlarida davlat iştiroki balandligiça saqlanib qolmoqda. Uşbu holat, öz navbatida, manfaatlar töqnaşuvini keltirib çiqarmoqda va bozor mexanizmlarini rivojlantirişga tösqinlik qilmoqda. Bank sektorining 83 foizi davlat iştirokida faoliyat körsatadi. Tarmoq regulyatorlari raqobatni rivojlantirişda sustligiça qolmoqda.
Tabiiy monopoliyalar tomonidan qöllanadigan narxlarni şakllantiriş usuli xarajatlarni tejaş örniga ularni köpaytirişni rağbatlantiradi.
Biznes sub'yektlari uçun bozorga çiqişda sun'iy tösiqlar hali-hanuz mavjud. Natijada, Jahon banki ma'lumotlariga köra, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarning sof oqimi past darajada saqlanib qolmoqda. Iqtisodiy erkinlik indeksida Özbekiston 180 mamlakat orasida 140-örinni egalladi.
Bu vaziyatda hukumat tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantiriş Strategiyasi böyiça “Yöl Xaritasini” qabul qilişni tezlaştiriş kerak. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib çiqqan holda, bu sohadagi faoliyat yuzasidan Senat muntazam ravişda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining axborotini eşitiş amaliyotini joriy qiliş maqsadga muvofiq bölar edi", - deya Sodiq Safoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















