Jamiyat | 13:39 / 02.12.2019
14455
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura Qibraydagi holat yuzasidan bayonot bilan chiqdi

2019 yil 1 dekabr kuni Qibray tumani tez tibbiy yordam xizmatidan Alisherobod MFY, Erta tong ko‘chasida yashovchi fuqaro G‘.B.ning oilasi is gazidan zaharlanganligini haqida xabar kelib tushgan, deb yozmoqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining ma'lumotnomasiga ko‘ra, G‘.B.ning 7 nafar oila a'zosida “is gazidan o‘tkir zaharlanishning yengil darajasi” tashxisi va qonlaridan  9-14 foiz darajada is gazi miqdori aniqlanib, ularga toksikologiya bo‘limi tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Shuningdek, fuqaro G‘.B.ning qolgan 9 nafar oila a'zosining qonidan 6-8 foiz darajada is gazi miqdori aniqlangan bo‘lsa-da, o‘tkir zaharlanish tashxisi qo‘yilmagan. 

Barcha bemorlarga tegishli tez-tibbiy yordam ko‘rsatilgan va yashash manziliga ambulator davolanish uchun qaytarilgan. 

Mazkur holat bo‘yicha Qibray tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Bundan oldin, «Hududgazta'minot» Qibraydagi ommaviy zaharlanish holati yuzasidan rasmiy ma'lumot bergandi.

Mavzuga oid