O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomani tasdiqlaydi
O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomani tasdiqlaydi. Prezidentning bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Hujjat bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida 2019 yil 25 oktabr kuni Moskva shahrida imzolangan Modda va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalarini yaratish va qo‘llash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlanishi mo‘ljallanmoqda.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi mazkur xalqaro shartnomaning amalga oshirilishi uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilanadi.
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralarini bajarganligi hamda uni amalga oshirishga mas'ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yuboradi.
Hujjatga ilova sifatida taqdim etilgan tushuntirish xatida aytilishicha, loyihaning asosiy maqsadi keng miqyosdagi erkin savdo zonasini yaratish, shuningdek o‘lchash vositalarining o‘zaro savdosida va metrologik xizmatlarning ko‘rsatilishida texnik to‘siqlarni bartaraf etish, hamda tadbirkorlik sub'yektlari uchun yanada qulay sharoitlar shakllantirish, modda va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalarini sertifikatlashtirish va metrologik tekshiruv va nazoratini amalga oshirish jarayoni hamda normativ hujjatlar bilan ta'minlash jarayonlarni soddalashtirishdir.
Kutilayotgan natija - MDHga a'zo davlatlarning Jahon savdo tashkilotiga kirishiga tayyor bo‘lishi, ular tomonidan keng miqyosdagi erkin savdo zonasining yaratilishi, shuningdek standart namunalar va metrologik xizmatlarning o‘zaro savdosidagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha keyingi tadbirlarni ko‘rishi uchun integratsion birlashmalarini yaratilishini ta'minlaydi.
Davlatlararo standart namunalarining yaratilishi va qo‘llanishi bir qator MDH Kelishuvlari rivojlanishini ta'minlashga imkon beradi, shuningdek, ekologik vaziyatni sifatli baholash darajasi oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosining sifati oshirish, sog‘liqni saqlash va klinik diagnostika sohasida o‘lchashlar ishonchliligini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
20:38 / 30.10.2024
Dekabr oyi oxirida MDH norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi
16:33 / 25.10.2024
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi delegatsiyasini qabul qildi
20:22 / 09.10.2024