O‘zbekiston | 11:43 / 07.05.2020
17372
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari Sirdaryoga keldi

6 may kuni Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi delegatsiya Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi va keyinchalik Qozog‘iston hududini suv bosishi holatini o‘rganish hamda vaziyat yuzasidan O‘zbekiston bilan umumiy harakatlar algoritmini ishlab chiqish maqsadida Sirdaryoga tashrif buyurdi. Bu haqda Sirdaryo hokimiyatining matbuot xizmati ma'lum qildi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiyani O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov va viloyat hokimi G‘ofur Mirzayev kutib olgan.

Delegatsiya vertolyot aviatsiyasi yordamida Sirdaryo suv ombori atrofi hududlarini ko‘zdan kechirgan.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shuningdek, Qozog‘istondagi Turkiston viloyati va O‘zbekiston Sirdaryo viloyati o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik, hamkorlik, ko‘mak masalalari hamda ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid