Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, Toşkent şahrida qayd etilgan 61ta holatdan 53tasi xorijdan kelib, karantinga joylaştirilganlar orasida qayd etilgan. 8 bemor esa avvalroq koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan bemorlar bilan aloqa tufayli koronavirus yuqtirgani aniqlangan.
Samarqandda qayd etilgan birgina holatda bemor koronavirusga çalingan boşqa bemorlar bilan aloqa qiliş orqali virusdan zararlangan.
Qayd etiş kerakki, sönggi ikki haftada faqat Samarqandda har kuni yangi holatlar aniqlanmoqda.
Samarqandda 27 apreldan buyon jami 130 kişiga koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan, 69 kişi tuzalgan.
Toşkentda esa 27 apreldan buyon jami 222 kişida kasallik aniqlangan (ötgan ikki hafta içida faqat 2 may kuni yangi holatlar qayd etilmagan), 339 kişi tuzalgan.
Bugun hozirça jami 24 bemor tuzaldi va jami tuzalganlar soni 1870 nafarga yetdi, bu esa umumiy zararlaniş holatlari (2411)dan 77 foizi soğaygani demakdir.
Ayni vaqtda koronavirusdan xoli bölgan Jizzax va Qaşqadaryodan keyin Andijon viloyati ham bu natijaga yaqinlaşmoqda - viloyatda şu vaqtgaça qayd etilgan 166 bemordan 158 nafari soğaygan - 95 foiz. Andijonda 3 may kunidan buyon faqat bir kunda - 8 may kuni bitta yangi holat qayd etilgan.

















