Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekiston hududlarida sönggi 25 kun içida Covid-19 kasalligining qayd etilişi va soğayiş körsatkiçlari dinamikasi böyiça ma'lumotlarni e'lon qildi.
Qoraqalpoğistonda şu vaqtgaça 114ta holat qayd etilgan (şundan 81tasi sönggi 25 kunda), ulardan 101 nafari soğaygan (89 foiz), 13 kişi davolanmoqda. Uşbu hududda 30 apreldan boşlab bir hafta davomida birorta zararlaniş holati qayd etilmagan, faqat sönggi ikki kunda 5 kişiga virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.

Toşkent şahrida 15 mart kunidan buyon jami 738ta zararlaniş holati qayd etilgan (şundan 411tasi sönggi 25 kunda), ulardan 548 nafari soğaygan (74 foiz), 5 bemor vafot etgan, 188 bemor davolanişni davom ettirmoqda. Ötgan vaqt davomida faqat bir kunda - 2 may kuni Özbekiston poytaxtida virusdan zararlaniş holati qayd etilmagan. Sönggi ikki kunda jami 63ta yangi zararlaniş holati qayd etilgan.

Ma'lumot uçun, Toşkent şahri «sariq» hudud sifatida belgilangan. Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayevning Kun.uz’ga izoh berişiça, Toşkentda qayd etilayotgan ösiş holatlari çegarada aniqlanayotgan bemorlar bilan boğliq, asosan Tojikistondan kirib keluvçilarda virusdan zararlaniş holati qayd etilmoqda, şahar hududida sönggi haftalarda yangi zararlaniş holatlari aniqlanmagan.
Andijon viloyatida şu vaqtgaça jami 166 holat qayd etilgan (şundan 69tasi sönggi 25 kunda), bemorlarning 131 nafari soğaygan (81 foiz), 31 kişi davolanmoqda. Mazkur hududda 3 maydan boşlab yangi holatlar qayd etilişi töxtagandi, ammo 8 may kuni bir kişida virus aniqlandi.

Buxoro viloyatida şu vaqtgaça jami 440 holat qayd etilgan, bemorlarning 404 nafari soğaygan (92 foiz), 36 kişi davolanmoqda. Uşbu viloyatdagi holatlar xorijdan kelgan va karantinga joylaştirilgan fuqarolar orasida aniqlangan. Viloyatda sönggi haftada jami 12 kişiga (3 may kuni olti, 5 may kuni bir va 8 may kuni beş bemor) virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.




























