O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili AQSh elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi
Suhbat chog‘ida energetika, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalarda turli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
2020 yil 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev AQShning favqulodda va muxtor elchisi Daniyel Neytan Rozenblyum bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.
TIV xabariga ko‘ra, turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik holati va rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi, shuningdek, Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida energetika, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalarda turli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ham muhokama qilingan.