Jamiyat | 17:00 / 26.05.2020
24076
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Namangandagi biznes va ko‘ngilochar markazi – Namangan Square majmuasi

Biznesning barcha turlarini rivojlantirish va hordiqni mazmunli o‘tkazish uchun juda qulay maydonni o‘zida birlashtirgan MJ Developers'ning istiqbolli loyihasi.

Namangan Square – Namangandagi o‘ziga xosligi bo‘yicha birinchi loyiha. Bir vaqtning o‘zida ham biznes, ham ko‘ngilochar majmuasi bo‘lib, shaharni butun Farg‘ona vodiysida haqiqatan iqtisodiy markazga aylantiradi.

Xo‘sh, aynan nima loyihani o‘ziga xos qiladi?

Dastavval, majmuaning ulkan maydonga egaligini eslatib o‘tish darkor,  u 18 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, qurilish uchun bo‘lgan maydon 325 ming kv. metrni tashkil qiladi.

Namangan Square binolari orasida Iconic Towers – 18 qavatli hashamatli ofislarga ega egizak minoralar alohida o‘rin tutadi. Bu barcha kerakli qulayliklarga ega va sizning yuqori mavqeingizni hamda jiddiy hamkor ekanligingizni namoyish etuvchi, shaharning nufuzli tumanida joylashgan biznesni muvaffaqiyatli yuritish va undan ilhomlanish uchun ideal joydir.

Biznesingiz rivoji uchun ikkinchi jozibador obekt – Boulevard Plaza. 300 metrdan ortiq uzunlikdagi ushbu hududda do‘konlar, umumiy ovqatlanish joylari hatto tungi bozor ham mavjuddir.

Piyoda sayr qilish uchun maydonchalar va turli tuman ko‘ngilochar joylar doimo gavjumlikni va savdoda barqarorlikni ta'minlaydi.

MJ Developers raisi Murari Djalan (Murari Jalan)ning aytishicha, biznes sohasidagi band mutaxassislar uchun turli va to‘laqonli dam olish muhimdir. Majmuaning o‘ziga xosligi shundaki, unda kassadan uzoqlashmasdan turib dam olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

MJ Developers raisi Murari Djalan (Murari Jalan)

Clubhouse'da badminton, bilyard, stol tennisi, futbol o‘yinlari, shuningdek, raqs studiyasi, fintes-markaz, sog‘lomlashtiruvchi spa-salon, basseyn, konferens-zallar, kutubxona, qahvaxona va karaokelarning bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bu yerda ishbilarmonlarning sevimli mashg‘ulotlaridan biridan bahra olish mumkin, Namangan Square'da 32 ming kv. metr hududda golf maydoni qurilmoqda.

Eng kichik tashrif buyuruvchilar uchun ham hammasi o‘ylab qo‘yilgan, ya'ni bolalarning rivojlanishlari uchun maydonchalar farzandlaringiz o‘yinlarini qiziqarli va foydali qiladi.

Majmuadan maktab va bolalar bog‘chasi ham joy oladi. Bu yerdagi ofislarda yoki Namangan Square'ning boshqa obektlarida faoliyat yuritadigan ota-onalar o‘z farzandlariga yaqinroq bo‘lishlari hamda vaqtlarini va mablag‘larini tejashlari uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Ushbu o‘ziga xos loyiha mintaqada biznes va boshqa ishbilarmonlik sohalarini rivojlanishiga jiddiy turtki beradi.

Namangan Square o‘zida biznes markazlari, aholi va shahar mehmonlari uchun turli ko‘ngil ochish maskanlari, ajoyib shinam xonadonli ilg‘or zamonaviy uylarni mujassamlashtirgan ko‘p funksiyali birinchi majmua bo‘ladi.

Yana shuni ta'kidlab o‘tish joizki, Murari Djalan (Murari Jalan) MJ Developers shiorini ilhomlantiruvchi ibora – “Yangi turmush tarzini quramiz”, deb belgiladi. Ularning O‘zbekistondagi barcha ko‘chmas mulk obektlari mixed-used – ko‘p funksiyali loyihalardir.

Ya'ni, barcha majmualarda turar joylar, do‘konlar, restoranlar, ofislar uchun tijorat binolari, o‘quv maskanlari, mehmonxonalar va boshqalar bo‘lishi nazarda tutilgan.

Namangan Square  bu afzalliklarni yaqqol namoyon qiluvchi loyiha bo‘lib, uning istiqboli yorqinligi va barcha tomonidan uning yaxshi qabul qilinishi kutilmoqda.

Birinchi obektlar – turar joy uylarining qurilishi joriy yilning oxirida yakunlanishi rejalashtirilgan. 

Loyiha haqida batafsil ma'lumotlarni sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan bilib olishingiz mumkin.

Sayt: namangansquare.com

Instagram: @namangansquare.uz

Facebook: fb.com/namangansquare.uz

Telegram-bot: @namangansquare_bot

Telegram-kanal: t.me/themjdevelopers

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid