Amerikalik olim dunyoga yangi «dahshatli» virus xavf solayotganini ma'lum qildi
Yuqumli kasalliklar bo‘yicha ekspert professor Maykl Osterxolmning aytishicha, «tuxumdan chiqqan har bitta jo‘ja virus uchun yangi inkubatordir, shuning uchun Xitoydagi barcha tovuqlarni yo‘q qilish kerak».
Amerikalik olim Maykl Greger dunyoga yangi «dahshatli» virus — jonivordan insonga yuquvchi zoonozalar xavf solayotganini aytdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Gregerning so‘zlariga ko‘ra, H5N1 virusining yangi tashuvchisi oddiy tovuq hisoblanadi. Tovuqlar nosteril fabrika sharoitlarida va ximikatlar yordamida yetishtirilayotgani sababli inson organizmi virusga chalinuvchan bo‘lib bormoqda. Olimning aytishicha, ko‘rshapalaklar COVID-19 tashuvchisi bo‘lgan, bu virus insonga Osiyo mamlakatlarida go‘shti tansiq taom hisoblanuvchi tangali chumolixo‘rdan yuqqan.
Greger tovuqlarni ulkan fabrikalarda emas, balki uy sharoitida va yangi epidemiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun oz miqdorda yetishtirish kerakligini ta'kidladi.
Yuqumli kasalliklar bo‘yicha ekspert professor Maykl Osterxolmning aytishicha, «tuxumdan chiqqan har bitta jo‘ja virus uchun yangi inkubatordir, shuning uchun Xitoydagi barcha tovuqlarni yo‘q qilish kerak».
Qayd etilishicha, sil va qizamiq echkilardan, chechak tuyalardan, ko‘kyo‘tal cho‘chqalardan, qorin tifi tovuqlardan kelib chiqqan. Bunday zoonozalar insonga kasal jonivorning go‘shti orqali yuqadi. Bu viruslar xavfsiz bo‘ladi, ammo ular mutatsiyalashishi va inson immun tizimini zaiflashtirib, o‘limga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
18:25 / 14.12.2024
Hakerlar troyan viruslarini O‘zbekistonda keng tarqatayotgani ma’lum bo‘ldi
15:43 / 10.10.2024
Amerikalik olimlar dush va tish cho‘tkasida yuzlab noma’lum viruslarni aniqladi
17:35 / 10.06.2019
Android smartfonlarida avvaldan o‘rnatilgan virus borligi aniqlandi
12:15 / 15.11.2018