O‘zbekistonda talabalar uchun internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platforma ishlab chiqish taklif qilindi
Talabalarning masofaviy darslarda foydalanishlari uchun internet tarmog‘ida internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platforma ishlab chiqish taklif qilindi. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tegishli petitsiya joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi murakkab sharoitda oliy ta'lim tizimi masofaviy tarzda amalga oshirilmoqda. Lekin internet tezligi pastligi va internet trafiklarning qimmatligi talabalar, ularning ota-onalari va o‘qituvchilarga moddiy qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda.
“Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan talabalar uchun internet tarmog‘ida trafik sarflanmaydigan maxsus platforma tashkil etilishi kerak. Maxsus platformaning yaratilishi talabalarga qulayliklarni yaratib, masofaviy darslarda uzluksiz ishtirok etish imkoniyatini bergan bo‘lar edi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, talabalarning masofaviy darslarda foydalanishi uchun internet tarmog‘ida internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platformani ishlab chiqish taklif qilingan.
Mavzuga oid
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
08:34 / 16.05.2024