Buxoro viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
Buxoro viloyatiga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Bugun, 7 noyabr kuni, Buxoro viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, Senat a'zolari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, viloyat korxona va tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ayni paytga qadar “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganligi to‘g‘risidagi prezident farmonini o‘qib eshittirdi.

Viloyatga yetakchilik qilib kelayotgan Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, Botir Zaripov 1969 yil 20 noyabrda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 1997-1998 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Buxoro bo‘linmasi Yuridik va jismoniy shaxslarni kreditlashtirish bo‘limi boshlig‘i, 1998 yilda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Buxoro bo‘linmasi Qorovulbozor filiali qurilishi boshlig‘i, 1998-2005 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Buxoro bo‘linmasi Qorovulbozor filiali boshqaruvchisi, 2005-2006 yillarda Markaziy bank Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - Inkassatsiya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
U 2006 yilda Markaziy bankning Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2006-2008 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Buxoro bo‘linmasi boshqaruvchisi, 2008-2012 yillarda Markaziy bank Boshqaruvi raisining o‘rinbosari, 2012-2013 yillarda Markaziy bankining Nobank kredit tashkilotlarini nazorat qilish va tartibga solish departamenti direktori, 2013-2015 yillarda Markaziy bank Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti direktori, 2015-2016 yillarda AT “Agrobank” Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, 2016-2019 yillarda “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi lavozimlarida ishlagan.
2019 yil 4 apreldan esa yangidan tashkil etilgan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Boshqaruvi raisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Joriy yilning avgust oyi oxirlarida Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov 66 yoshida vafot etdi. Unda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangandi.
28 avgust kuni Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Farhod Umarov viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqand va Tel-Aviv o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 13:02
-
YeI Ukraina qurollari uchun Rossiya daromadlaridan 1 mlrd yevro ajratadi
Jahon | 13:01
-
9 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan BYD haydovchisi 4 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 12:28
-
Etihad Airways Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
O‘zbekiston | 12:18
Mavzuga oid

10:12 / 01.05.2025
Buxoroda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Aeolus haydovchisi vafot etdi

22:40 / 28.04.2025
Buxoroda YPX inspektorini obro‘sizlantirishga uringan haydovchi 7 sutkaga qamaldi

18:55 / 27.04.2025
“24 yoshgacha hayotimni kattalar boshqargan” – Bristol universiteti magistranti Orzugul G‘oyibova hikoyasi

09:47 / 22.04.2025