Bugun, 28 avgust kuni, Buxoro viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yiğilişda Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov, viloyat hokimi örinbosarlari, şahar va tumanlar hokimlari, xalq deputatlari viloyat kengaşi deputatlari, Oliy Majlis Senati a'zolari, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar, viloyat korxona va taşkilotlari rahbarlari  hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi. 

Yiğilişda söz olgan prezident administratsiyasi rahbari Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi, kamtarin inson, davlat va jamoat arbobi Karim Kamolovning vafoti nafaqat buxoroliklar, balki butun mamlakat uçun juda katta yöqotiş bölganini ta'kidladi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev Karim Kamolovning soğligini muhofaza qiliş uçun qançalik jon kuydirgani, vafoti munosabati bilan ta'ziya marosimlarida iştirok etiş uçun Buxoroga kelib, hamdardlik bildirgani Karim Kamolovning xalq va davlat oldidagi xizmatlariga berilgan munosib baho ekanligi e'tirof etildi. 

Şu bilan birga, Buxoroda boşlangan keng miqyosli islohotlarni jadal davom ettiriş zarurligi aytib ötildi. Bunda asosiy e'tibor bugungi murakkab şaroitda aholini iş bilan ta'minlaş, kambağallikni qisqartiriş, pandemiya sababli zarar körgan iqtisodiyot tarmoqlarini tiklaş, “temir daftar”, “yoşlar daftari” va “ayollar daftari” tizimlarida bajarilişi lozim bölgan ustuvor vazifalarga qaratilişiga urğu berildi. 

Yiğilişda taşkiliy masala körildi.

Ayni paytda Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağalçilikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlanganligi töğrisidagi prezident farmoni öqib eşittirildi.

Yiğilişda viloyat faollari sözga çiqib, kun tartibidagi masala yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirişdi, deyiladi xabarda.