Geyts bir necha yildan buyon qishloq xo‘jaligi yerlarini sotib olgan. Unga tegishli uchastkalar 19ta shtatda joylashgan.
Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts va uning turmush o‘rtog‘i Melinda AQShdagi qishloq xo‘jalik yerlarining eng yirik egalari hisoblanadi, jami 269 ming akrga yaqin (ming kvadrat kilometrdan ortiq) yer ularga tegishli, deb yozadi The Land Report.
Geyts bir necha yildan buyon qishloq xo‘jaligi yerlarini sotib olgan. Unga tegishli uchastkalar 19ta shtatda joylashgan. Eng yirik yer maydonlari Luiziana (280 kv. km), Arkanzas (194 kv. km) va Nebraskada (83 kv. km).
Yerlar Geytslar oilasining Cascade Investmens investitsiya fondiga qarashli.
Biznesmenga tegishli yerlardan qanday foydalanilishi noma'lum, deya qayd etadi nashr.