Jamiyat | 16:00 / 16.03.2021
11004
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

U-Tower – noyob, qulay, aqlli!

Bugun poytaxtimizda istalgan did va iste'molchilarning moliyaviy sharoitiga mos tarzda ko‘plab turdagi turar joy majmualari qurilmoqda. Ayting-chi, Toshkent shahridagi yangi turar joy majmualarining nechtasi nafaqat yashovchilar uchun yaratilgan shinam sharoitlar, balki hali boshqa joyda uchramagan qulayliklar, “aqlli” boshqarish tizimi, takrorlanmas arxitektura dizayni va tasavvurga sig‘dirish mumkin bo‘lgan zo‘r joylashgan hudud bilan maqtana oladi!?

Marhamat kutib oling, NRG'dan noyob loyiha – U-Tower!

Intizorlik bilan kutilayotgan ko‘p funksiyali U-Tower hashamatli ko‘chmas mulkning noyob namunasi bo‘lib, eng nozik didli iste'molchini hayratlantira oladigan biznes klassga mansub nodir loyihadir. Zamonaviy va ko‘rkam ko‘rinishga ega arxitektura dizayni oila a'zolarning barchasi uchun farovon va baxtli hayot kechirish imkonini beruvchi barcha zarur sharoitlarni o‘zida mujassamlashtiradi.

U-Tower joylashuvining o‘zigina, NRG kompaniyasiga nafaqat o‘ta mas'uliyatli vazifani yuklabgina qolmay, balki U-Tower yashovchilariga misli ko‘rilmagan qulayliklarni ta'minlab, shaharni takrorlanmas, noyob me'morchilik durdonasi bilan bezatishdan tashqari hech qanday boshqa tanlov qoldirmaydi.  

U-Tower dizayn loyihasini ishlab chiqishdagi tanlovda dunyoning nomdor me'morchilik kompaniyalari jalb etilgan: Zaha Hadid, DP Architecs Pte. Ltd., Benoy, INK Architecs va boshqalar. Shuningdek, Murad Buildings va BI Group'ning sohadagi boy bilim va tajribasi NRG kompaniyasi tomonidan foydalanilib, fasad yechimini ishlab chiqarishda mamlakat iqlimining o‘ziga xos jihatlari, mintaqaning seysmik xususiyatlarini hisobga olib, bino konstrkutsiyasi loyihalashtirilganda mustahkamlik va chidamlilikka alohida e'tibor berilgan.

Bino shaklining konturi lotin alifbosinining “U” harfiga o‘xshaydi. Bino shaklini ko‘plab narsalarga qiyoslasa bo‘ladi albatta, ammo binoning antiqaligi, undagi qulaylik va mustahkamlikni qadrlovchi insonlarni birlashtira oladigan deb hisoblasak, u holda “U” harfi inglizcha “United” so‘zi sifatida ham talqin qilinishi mumkin.

U-Tower'ning o‘ziga xos va takrorlanmas ko‘rinishini ta'minlovchi shakl va me'moriy yechimlar zamonaviylik va an'analarni o‘zida uyg‘unlashtiradi. Binoning pastki qismlarida ko‘pincha milliy bezaklarda tasvirlangan arkali dekorativ elementlardan foydalaniladi. Shakl va funksiya birlashgan holda binoga alohida shukuhni baxshida etadi: U-Tower taqdim etadigan ichki qo‘layliklar va uning tashqi ko‘rinishiga birinchi marta nazar tashlagan inson avvalo undan o‘zgacha narsalarni kutib turadi. Va bu yerda o‘ziga xos noyobliklar talaygina...

Birgina 26 qavatdagi yashovchilar uchun tepadan turib shaharni kuzatish maydonchasini yana qayerda uchratish mumkin. Bu kuzatish maydonchasi siz va yaqinlaringizga nafaqat go‘zal quyosh chiqishi va botishlaridan majmua hududini tark etmasdan bahramand bo‘lish, balki kunning yorug‘ va bulutsiz kunlarida Chimyon tog‘larining qorli cho‘qqilarini va milliy bayramlar paytida «Xalqlar Do‘stligi» maydonidan uzoq bo‘lmagan joyda otiladigan salyutlarni maroq bilan tomosha qilish imkoniyatini ham beradi.

U-Tower'da ishlatilgan raqamli texnologiyalar va innovatsion xizmatlar alohida e'tiborga loyiqdir: Smart Home* va Smart Remont* hamda g‘ayrioddiy taklif – City House joriy etilgan.

Smart Home – bu uyni masofadan turib telefon orqali boshqarishga imkon beruvchi aqlli tizimdir.

Smart Remont, bu bamisoli “barmoq uchida remont” deb atalmish yangi qulaylik. Bu dastur orqali xonadon planirovkasi, dizayni, devor ranglari, remont va ta'mirlashga tegishli bo‘lgan barcha xomashyolar va ishlarni tanlash va nazorat qilish imkonini beradi. Tizim bir vaqtning o‘zida hamma ishlatiladigan mahsulot va remont xizmatlari bilan bog‘liq narxlarini (smeta) chiqarib beradi. Bunday holatda, kvartira remonti quruvchi kompaniyasi zimmasiga yuklanadi va u tomonidan barcha ta'mirlash ishlari puxta nazorat qilinadi. Mijozlar esa shunchaki masofadan turib barcha ta'mirlash jarayonlarini dastur orqali kuzatishlari mumkin. Kompaniyaning qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va ularni yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa tufayli mijozlari uchun ta'mirga ishlatiladigan mahsulot va xizmatlar narxlari bozor yoki «ko‘chaning» narxidan arzon bo‘ladi.

*- Smart Home va Smart Remont opsiyalari alohida to‘lov evaziga buyurtma berilishi mumkin.

City House – bu o‘z hovlisiga ega bo‘lgan xonadon. Hovli ixlosmandlari uchun – mehmonxonadan to‘g‘ridan to‘g‘ri shahar manzarasiga qarab turgan o‘z hovlingizning kichik bog‘iga chiqishingiz mumkin. Faqatgina cheklangan miqdordagi xonadonlarda City House imkoniyati mavjud.

Majmuada istiqomat qiluvchi oilalarning shinam va kommunal masalalardan xoli yashashini ta'minlab beruvchi NRG Cliens xizmat ko‘rsatish kompaniyasi faoliyat yuritadi. NRG Cliens hududda tozalik va tartib, g‘amxo‘rlik ila umumiy mulkni boshqarish va yashovchilarning g‘amsiz hayot kechirishlari uchun o‘zining barcha kuch va imkoniyatlarini ishga soladi.

U-Tower shubhasiz butun O‘zbekistonda o‘ziga xos o‘rinni egallovchi aqlli va qulay sharoitlarga ega shaharsozlik san'at asari bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Binoning ajoyib shakli o‘zining g‘ayrioddiyligi bilan boshqalardan ajralib turishi va zamonaviy o‘zbek jamiyatining uzluksiz muvaffaqiyatli rivojlanishining ramziy belgisiga aylanishiga ishonamiz.

Tanlaganda, eng zo‘rini tanlang!

Telefon: 1060

Sayt: u-tower.u-nrg.uz

Instagram: @nrg_uzbekistan

Telegram: t.me/nrguzb

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid