Jamiyat | 18:41 / 29.09.2023
18703
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

NRG kompaniyasi Andijonda yangi loyihani ishga tushirmoqda

NRG o‘zining Toshkentdan tashqarida birinchi loyihasini amalga oshirishi to‘g‘risida xabar qildi. Gap Andijondagi zamonaviy turar joy majmuasi haqida bormoqda.

Agarda biz turar joy ijtimoiy qurilish evolyutsiyasini o‘rganib chiqsak, sayyoramizda turli davrlarda sodir bo‘lgan ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy o‘zgarishlarning qiziqarli tarixiy dinamikasini ko‘rishimiz mumkin.

O‘rta asrlarda turar joy qurilish ishlari ko‘pincha markazlashmagan edi. Odamlar o‘z uylarini bor bo‘lgan materiallardan qurgan – yog‘och, tosh va loydan. Shaharlar esa tabiiy ravishda qasr, ibodatxona va bozorlar tevarak-atrofida rivojlanib, o‘sib kelardi. Binolar katta va baland bo‘lmay oddiy me’morchilik qoidalari asosida barpo etilardi.

Renessans (Uyg‘onish) va barokko davrida aristokratiyaning boyligi va qudratini ifodalaydigan hashamatli saroy va qasrlarning qurilishi boshlandi. Arxitektura marmar toshi, shisha va boshqa qimmatbaho materiallardan foydalangan holda yanada takomillashdi. Ammo ko‘pchilik odamlar oddiy ko‘rinishdagi uylarda yashashda davom etardi.

18-19-asrlarda sanoat inqilobi shaharlarda istiqomat qilayotgan aholi sonining keskin o‘sishiga olib keldi. Shu tufayli ko‘plab turar joy, uy va hududlar barpo etila boshlandi. Asosan ular muvaqqat yog‘och uylar edi. Bu esa zamonaviy shahar tumanlarini yaratish yo‘lidagi birinchi qadam edi.

20-asrda uy-joy qurilishi barcha qit’alarda qator muhim o‘zgarish jarayonlaridan o‘tdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ko‘plab Yevropa va Osiyo mamlakatlari turar joy fondining vayron bo‘lgani sababli uni tiklash va ommaviy qurilish bo‘yicha dasturlarni amalga oshira boshladi. Bunday dasturlar Sobiq Ittifoq, Germaniya, Polsha, Yaponiya va boshqa davlatlarda ishlab chiqilgan. XX asrning o‘rtalarida ko‘plab turar joylar barpo etilib, “yangi shahar” konsepsiyasi yuzaga keldi. Mazkur konsepsiya shaharlarda yashovchilarga qator qulayliklarni taklif qilgan, ya’ni bir joydagi katta turar joy majmualari, maktab va do‘konlar ham bir-biriga yaqin joylashgan edi.

Bugun uy tushunchasi bir xonadonning to‘rt devorlari bilan chegaralanib qolmaydi. Shaharda istiqomat qiluvchilarning turmush tarzidagi qulaylik darajasi kundan kunga o‘zgarib, yaxshilanmoqda. Zamonaviy turar joy majmuasi nafaqat xonadonlarda yaratilgan qulayliklarni, shu bilan birga obodonlashtirilgan jamoat hududlari, bolalar uchun maydonchalar, uyg‘un manzara va boshqa ko‘plab narsalarni o‘z ichiga oladi. Andijon hududiy markazining aholisi ham poytaxt aholisi bilan teng va bir xil hayot sifatiga ega bo‘lishga haqlidir. NRG kompaniyasi hududlardagi mijozlariga xuddi Toshkentdagi kabi sharoitlarda yashash imkoniyatini ta’minlab berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

2021 yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Yangi Andijon qurilish maydoniga ilk tamal toshi qo‘yildi. Mazkur loyihaga muvofiq 4000 gektarga ega bo‘sh turgan sanoat zonasida turar joy majmualari, istirohat bog‘lari va ijtimoiy infratuzilma obektlarini qurish ko‘zda tutilgan.

Turli mamlakatlarda uylar qanday farqlanayotganini yaxshi bilamiz. An’anaviy Britaniya va Amerika uyini biz odatdagi maysazor va bekyard (uyning orqa hovlisi), ikkinchi qavatdagi kichkina yotoqxonalar hamda birinchi qavatida keng studiya bilan tasavvur qilamiz. O‘rta Dengiz davlatlaridagi uylar haqida o‘ylasak, albatta terrasa va patio, panoramali derazalar, dengiz va tepaliklarga ega tasvirlarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Skandivayada joylashgan qiya tomli uylar energotejamkor va lo‘nda dizaynga ega bo‘lishini ham bilamiz.

NRG loyihalovchilarining mo‘ljaliga asosan zamonaviy o‘zbek uylarining konsepsiyasi o‘zida birga jamoaviy yashashning eng zo‘r an’analarini hamda qulay turar joy hududini qamrab olgan holda yozda salqin, qishda esa issiq bo‘lishi kerak. Andijonda barpo etilayotgan yangi turar joy majmuasining g‘oyasi aynan shuni nazarda tutadi. Ushbu joy barcha insonlar ahil va do‘stona yashaydigan yangi, qulay uy modeliga aylanishiga umid qilamiz.

Bo‘lajak uy egalari yangi konseptual uyning qulayligi va estetik jihatlariga tan berishadi. O‘z muallif uslubiga ega g‘ayrioddiy arxitektura, xavfsiz, shinam va ko‘p funksiyali ichki hovlisi, ventilyatsiyani ta’minlab beradigan va namlikdan saqlaydigan bino fasadlari, xushbo‘y hid taratadigan bog‘ tashqaridan ko‘rinadi. Binoning ichki hududlari esa o‘z dizayniga ega hall (katta ochiq joy), binoning ikki tomonida joylashgan qulay kirish yo‘lakchalari, keng yerosti avtoturargoh, velosiped va bolalar aravachalari uchun mo‘ljallagan xonalardan iborat bo‘ladi. 

Xonadonlar kengaytirilgan derazalar, baland 3-metrli shiftlarga ega bo‘ladi hamda IP domofonlar va “aqlli” qulflar bilan jihozlanadi. Barbekyu pishirish uchun zonaga ega choyxonada aholi uydan chiqib, bemalol dam olishi va ochiq havoda vaqt o‘tkazishi mumkin. Yoshlar va kattalardan iborat sport ishqibozlari uchun haqiqiy futbol maydoni ham bor. 

Yosh ota-onalar uy yonida joylashgan xiyobonda xotirjam sayr qilishlari mumkin. Har xil yoshdagi bolalar uchun esa o‘yin maydonchalari quriladi. Barcha obodonlashtirish va ta’mirlash masalalari bilan boshqaruv kompaniyasi shug‘ullanadi. Xavfsizlik esa kun-u tun ishlaydigan qo‘riqlash videokuzatuvi orqali ta’minlanadi.

NRG O‘zbekistondagi yirik imorat quruvchilaridan bo‘lib, bugungi kunda eng noyob, o‘ziga xos loyihalarni amalga oshirmoqda. Ularning har biri mahalliy ko‘chmas mulk bozorida katta voqea sifatida shuhrat qozonmoqda.

NRG ta’sischilari bu yetakchi developerlik kompaniyalar bo‘lgan Murad Buildings (O‘zbekiston) va BI Group (Qozog‘iston). Ikkala kompaniya ham biznesni tashkillashtirishdagi yondashuvi, tez sur’atlar bilan o‘sishi, korporativ madaniyati, kuchli jamoaviy ruh va ijtimoiy mas’ulligi jihatlari bilan bir-biriga juda yaqin. Bu esa shak-shubhasiz, bir-biriga mos keladigan tamoyil va maqsadlar asosida qo‘shma kompaniya barpo etishda muhim o‘rin tutadi.

Telegram: https://t.me/nrg_vodiy

Sayt: https://www.u-nrg.uz

Reklama

Mavzuga oid