Vodiy turizmi markazlaridan biri, Andijon viloyatining Xonobod shahridagi Xontog‘ qir-adirliklarida Navro‘z bayrami nishonlandi.
Sayilda viloyatning badiiy-havaskorlik va professional jamoalari chiqishlar qildi. “Kelin salom”, laparlar aytilib, milliy hunarmandchilik namunalaridan ko‘rgazmalar tashkil etildi.
Kun.uz muxbiri sayildan fotosuratlar taqdim etdi.