26 mart kuni Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind ko‘krak sohasida noxushlik sezgandan keyin Nyu-Dehlidagi shifoxonaga yotqizildi.
PTI axborot agentligining xabar berishicha, Hindiston prezidenti Research and Referral harbiy gospitaliga yetkazilgan. U hozirda ko‘rikdan o‘tkazilmoqda va kuzatuv ostida qolmoqda.
“Uning ahvoli barqaror”, deb aytilgan xabarda. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Ta'kidlab o‘tish joiz, Kovind mart boshida koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangan.