O‘zbekiston | 10:48 / 12.04.2021
5949
3 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti rektori Samarqand davlat tibbiyot institutiga keldi

Samarqand davlat tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan tizimdagi xalqaro aloqalarni kengaytirish, muhim kelishuvlar hamda istiqbolli shartnomalarning imzolanishiga erishilib, ahamiyatga molik xalqaro konferensiyalar va vebinarlar o‘tkazib kelinyapti.

Mazkur yo‘nalishlardagi ishlarning bajarilishidan maqsad, tibbiyot sohasidagi yangiliklar, ilmiy va tibbiy innovatsiyalar, shuningdek, ta'lim berishda xalqaro tajribalar bazasini SamDTIda shakllantirib, zamon talabiga mos mutaxassislar tayyorlashda faol ishtirok etishdan iborat.

Aynan shu maqsadlarni ko‘zlagan yana bir xalqaro hamkorlik 10 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot institutiga Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti (Olmaota, Qozog‘iston Respublikasi) delegatsiyasining rasmiy tashrifi asnosida amalga oshirildi.

Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti qo‘shni davlatning yirik xususiy tibbiyot muassasalaridan biri bo‘lib, tibbiyotning ko‘plab ixtisosliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlaydi. Universitet mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘ziga xos dasturlari mavjud oliygoh sifatida nom qozongan.

Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti rektori, professor Nurlan Jaynakbayev va xalqaro hamkorlik va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori Aleksandr Li SamDTI rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashib, ilmiy va ta'lim sohasida kadrlar tayyorlash va hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi.

SamDTIda o‘tkazilgan muzokaralarda Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, uchrashuvda rektorlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan tomonlarning qarashlari hamda yondashuvlarini, ilmiy izlanishlar va tibbiyot sohasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash istiqbollarini tahlil etishdi.

Kelgusida ikki oliygoh professor-o‘qituvchilari, talabalar akademik almashuvi, ilmiy-tadqiqot va o‘quv ta'lim sohasida, shu jumladan, qo‘shma dastur asosida kadrlarni tayyorlash, hamkorlikda o‘quv va ilmiy adabiyotlarni nashr ettirish bo‘yicha kelishib olindi.

Yana bir muhim jihat, joriy yilning 16-17 aprel kunlari SamDTIda o‘tkaziladigan “Stomatologiyada estetik restavratsiyalash mahorati” Xalqaro olimpiadasida mazkur oliygohlarning professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtiroki bo‘yicha ham kelishib olindi.

Samarqand tavlat tibbiyot instituti matbuot xizmati.

Mavzuga oid