O‘zbekiston | 10:29 / 18.10.2021
5474
2 daqiqa o‘qiladi

“Immunologiya – XXI asr tibbiyotining poydevori” – SamDTIda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya shu mavzuga bag‘ishlandi

Samarqand davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi ilmiy-tekshirish institutining 35 yilligiga bag‘ishlab “Immunologiya – XXI asr tibbiyotining poydevori” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

Avvalroq Toshkent shahrida boshlangan mazkur konferensiyada Rossiya, Belarus, AQSh va O‘zbekistonning yetakchi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlarining 250 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Rossiyaning allergologlar va klinik immunologlar uyushmasi prezidenti, akademik Rahim Haitov, Rossiya immunologlari ilmiy jamiyati prezidenti, akademik Valeriy Chereshnev, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Aleksandr Karaulov kabi taniqli olimlar va tibbiyot sohasining yirik vakillari ishtirok etdi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

Xalqaro forumning yalpi majlisida COVID-19 kasalligining immunologik jihatlari, koronavirus infeksiyasining immunopatogenezi va immunoterapiyasi, immunitetdagi tug‘ma xatoliklar, mukozal immunitet, mikrobiota, antibiotiklar va ularning o‘zaro munosabati kabi dolzarb mavzularda ma'ruzalar qilindi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

SamDTIda o‘tkazilgan mazkur xalqaro konferensiya, shubhasiz, respublika va mintaqamizda immunologiya va inson genomikasi sohasini rivojlantirish, fundamental va klinik fanlarni o‘qitish sifatini yanada oshirish va malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash hamda respublikamiz tibbiyot oliygohlari va ilmiy tekshirish markazlarining xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

Mavzuga oid