Suvayshni to‘sib qo‘ygan Ever Given kemasi 4 oydan keyin o‘z yo‘lini davom ettirdi
Mart oxirida Suvaysh kanalidagi harakatni to‘xtatib qo‘ygan Ever Given konteynerovozi texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, epikajining bir qismi o‘zgartirilgandan keyin dastlabki manzili – Rotterdamga yo‘l oldi. Kema 13 iyulda Misr suv hududlarini tark etdi.
7 iyulda kema Misr sudi solgan taqiqdan ozod qilingandan keyin kanalning Katta va Kichik sho‘r ko‘llari o‘rtasidagi qismidan O‘rta Yer dengiziga chiqqan. Shu kuni kanal rahbariyati va kemaga egalik qiluvchi kompaniya Misrning Ismoiliya shahrida sulh imzolagan.
Biroq kema o‘z egasining iltimosiga ko‘ra Port-Saidda kompleks texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun to‘xtatilgan. Tekshiruvlar yakunlangach, kema o‘z yo‘lini davom ettirgan.
Kompaniya, shuningdek, kema ekipajining bir qator a'zolarini, jumladan sardorni o‘zgartirgan.
Ever Given 23 mart kuni Suvayshda sayozlikka o‘tirib qolib, u orqali harakatni 6 kunga to‘liq to‘xtatib qo‘ygandi. Kemani 29 martdagina joyidan siljitishga muvaffaq bo‘lingan. Bu vaqt ichida kanalning ikki tomonidan umumiy tonnaji 26 mln tonnani tashkil qiluvchi 422ta kemadan iborat navbat yuzaga kelgan.
Mavzuga oid
07:23 / 22.12.2021
Misr Suvaysh kanaliga Ever Given konteynerovozi qaytgani sababli favqulodda vaziyat e’lon qildi
09:49 / 20.08.2021
Suvayshni to‘sib qo‘ygan Ever Given kemasi 4 oydan keyin yana u orqali o‘tadi
16:35 / 07.07.2021
Ever Given kemasi "jarima maydonchasi"ni tark etdi
23:55 / 04.07.2021