Bobur Abduxoliqov va Shahzodbek Ubaydullayev «Energetik-BGU» bilan shartnoma imzoladi
Belarusning «Energetik-BGU» klubi o‘zbekistonlik hujumchilar – Bobur Abduxoliqov va Shahzodbek Ubaydullayev bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

24 yoshli hujumchi Bobur Abduxoliqov «Energetik-BGU» bilan 2021 yil yakuniga qadar shartnoma imzolagan bo‘lsa, Ubaydullayevning necha yilga shartnoma imzolagani ma'lum qilinmagan.
Abduxoliqov shu yilning 19 fevral kuni Ukrainaning «Rux» klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolab, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani sababli may oyida shartnomasini bekor qilgandi. Shundan buyon sobiq klubi «Nasaf» safida mashg‘ulot o‘tagan Bobur Belarus chempionatiga ko‘chib o‘tdi.
23 yoshli Shahzodbek Ubaydullayev bungacha Soligorskning «Shaxtyor» jamoasi sharafini himoya qilayotgan edi. Belarus Oliy ligasida 5 o‘yinda maydonga tushgan forvard ham «Energetik-BGU» safiga qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu klubda o‘tgan mavsumda Jasur Yaxshiboyev, Shahboz Umarov va ijara asosida Humoyunmirzo Iminov faoliyat yuritgandi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh rasmiylarida Jyeffri Epshteynning «mijozlar ro‘yxati» yo‘q – OAV
Jahon | 17:10
-
Rektor, bosh hisobchi va boshqalar: Andijon davlat universitetining bir guruh mansabdorlari qamaldi
O‘zbekiston | 17:06
-
Tramp BRIKSning «anti-amerika» siyosatini qo‘llayotgan davlatlarga boj bilan tahdid qildi
Jahon | 16:59
-
«Nasaf» klubi raqiblarni haqoratlagan matbuot xizmati xodimini ishdan bo‘shatdi
Sport | 16:56
Mavzuga oid

19:50 / 28.06.2025
Bobur Abduxoliqov va Gulruxbegim Tohirjonova davlat mukofoti bilan taqdirlandi

23:49 / 10.06.2025
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi

16:29 / 09.06.2025
Jamoa ustunlari: yo‘llanma qo‘lga kiritilishida kimlar qanday hissa qo‘shdi?

00:05 / 29.11.2022