10:30 / 15.07.2021
6029

Pokistonning sobiq prezidenti Mamnun Husayn vafot etdi

Pokistonning sobiq prezidenti Mamnun Husayn 80 yoshida Karachida hayotdan ko‘z yumdi. Buni uning o‘g‘li Arslon Mamnun tasdiqladi.

Uning ta'kidlashicha, otasi saraton kasalligidan aziyat chekkan va oxirgi 2 hafta davomida xususiy shifoxonada davolangan.

Mamlakatning amaldagi prezidenti Orif Alviy, hukumat yetakchilari va boshqa siyosatchilar Husayn oilasiga o‘z hamdardligini bildirgan.

Husayn 1940 yil dekabrda Hindistonning Agra shahrida dunyoga kelgan. U Pokistonning 12-prezidenti bo‘lgan va ushbu lavozimni 2013 yildan 2018 yilgacha egallagan. Bungacha u Sind viloyati gubernatori sifatida faoliyat yuritgan.

Husayn mamlakatning sobiq bosh vaziri, bir necha yil avval Pokistonda ikkita ish bo‘yicha sudlangan va hozirda Britaniyada qolayotgan Navoz Sharifning yaqin safdoshi bo‘lgan. 

Top