Jahon | 23:26 / 04.08.2021
37637
10 daqiqa o‘qiladi

Bu yerda Livan bo‘lgan: Bayrut portidagi portlashdan bir yil o‘tib mamlakatdagi ahvol qanday ko‘rinishda?

Livan avvaldan inqirozda edi, halokat esa uning g‘arib iqtisodiyotini amalda butunlay yakson qildi.

Bir yil muqaddam, 2020 yilning 4 avgustida Bayrut portida ulkan portlash sodir bo‘lgan va bu insoniyat tarixidagi eng vayronkor sanoat halokatlaridan biri bo‘lgandi. 2014 yilda Livan hukumati tomonidan hibsga olingan yuk kemasi bortidan portga tushirilgan va egasiz qolib ketgan selitra kuchli portlashni yuzaga keltirgan.

Portlash shu qadar kuchli bo‘lgandiki, seysmik stansiya buni 3,3 magnitudali zilzila sifatida qayd etdi, uning ovozi 250 kilometr masofada, Kiprda ham eshitildi. 200 kishi halok bo‘ldi, minglab kishilar og‘ir tan jarohati oldi. Livan poytaxti infratuzilmasi jiddiy zarar ko‘rdi, zarar ko‘lami milliardlab dollarlarda hisoblanadi. Livan bu portlashga qadar ham chuqur iqtisodiy inqirozda edi (Jahon banki bu inqirozni XIX asr o‘rtalaridan buyon kuzatilgan eng jiddiy inqirozlar o‘ntaligiga kiritgan) — ammo portdagi halokat vaziyatni yana bir necha marta og‘irlashtirdi. To‘xtovsiz qadrsizlangan milliy valutaga oziq-ovqat mahsulotlari sotib olib bo‘lmaydi, dorixonalarda dori-darmonlar, yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin, rozetkalarda tok yetishmovchiligi yuzaga kelgan. Qolaversa, portlashdan keyin Livan amalda hukumatsiz yashab kelmoqda. «Meduza» Yaqin Sharqning ushbu mamlakati so‘nggi bir yilni qanday o‘tkazganini ifodalovchi suratlarni jamladi.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Lorenzo Tugnoli / The Washington Post / World Press Photo / AP / Scanpix / LETA

Bayrut portining 2020 yil 4 avgustdagi portlashdan keyingi ko‘rinishi. Port atrofidagi hududlar amalda butunlay yakson bo‘lgan va shu vaqtga qadar tiklanmagan. Halokat oqibatlarini bartaraf etish chog‘ida ham bir necha o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgan.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Felipe Dana / AP Photo/ / Scanpix / LETA

Sursok saroyi intererlari — 1860 yilda qurilgan tarixiy bino hozirda muzeyga aylantirilgan. U port yaqinidagi Ashrafiye tumanida joylashgan va portlashdan juda jiddiy shikastlangan. 2020 yil 8 avgust. 

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Chris McGrath / Getty Images

Halokat oqibatlarini bartaraf etish amaliyoti ishtirokchisi portlashdan jiddiy shikastlangan avliyo Georgiy nomidagi gospitaldan turib Bayrut portini kuzatmoqda. Davlat xizmatchilari o‘zi shaharni portlash qoldiqlaridan tozalashga qodir emasdi, shu sababli ko‘p sonli ko‘ngillilar yordamga kelgan. 2020 yil 13 avgust.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Marwan Tahtah / Getty Images

Bayrutdagi uy devoriga ilingan soat kechki 6dan o‘tganda to‘xtab qolgan, portdagi portlash shu vaqt ro‘y bergandi. 2020 yil 11 avgust.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Patrick Baz / AFP / Scanpix / LETA

Bayrut portidagi portlashdan keyin bug‘doy omborxonasi qoldiqlari. Portlashga qadar port mamlakat importining 60 foizlik hajmini qabul qilardi, mamlakatdagi barcha sohalar xorijdan olib kelinadigan mahsulotlarga bog‘langan, bug‘doy omborxonasida esa mamlakat don zaxiralarining 85 foizi saqlanardi. Uning vayron bo‘lishi orqali Livanda oziq-ovqat yetishmovchiligi boshlandi. Port esa bugungi kunda ham suratdagi holatida qolmoqda. 2021 yil 14 iyul. 

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Hannah McKay / Reuters / Scanpix / LETA

Portlashdan yarim yil o‘tgandan keyin ham Bayrut porti ayanchli ko‘rinishda qolayotgandi. 2021 yil 13 yanvar.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Daniel Carde / ZUMA / Scanpix / LETA

Rassom Bredi Blekning Bayrutdagi bino devoriga portdagi portlashning noma'lum qurbonlari sharafiga chizgan ishi. Qurbonlarning ko‘p qismi boshqa mamlakatlardan kelgan qochqinlar va muhojirlar bo‘lgan. Ayrimlarning shaxsi hozirgacha noma'lum bo‘lib qolmoqda, portlash vaqtida jarohatlanib mayib bo‘lib qolganlar esa hukumatdan hech qanday yordam olmagan. 2021 yil 4 may.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Mohamed Azakir / Reuters / Scanpix / LETA

Portlash qurboni suratini ko‘targan ayol sudya Fadi Savanning portlash sabablari bo‘yicha tergovdan chetlashtirilishiga qarshi piket o‘tkazmoqda. Livan kassatsiya sudi 2021 yil fevralida Savanni iste'foga chiqqan hukumatning ikki vaziri (sudya ularni harakatsizlikda ayblagan) shikoyati asosida ishdan chetlatgandi. 2021 yil 19 fevral.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Hasan Shaaban / Bloomberg / Getty Images

Non narxi oshishiga qarshi mitingdagi namoyishchi. Mamlakatda giperinflatsiya, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi esa, hukumat subsidiya qilganiga qaramay ikki barobar oshib ketgan. 2021 yil 2 mart.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Dylan Collins / AFP / Scanpix / LETA 

Bekaa vodiysi aholisi gashish tayyorlamoqda. Bekaa — mamlakat sharqidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan region. Livan milliy valutasi bir yilda o‘n barobar qadrsizlandi, yonilg‘i, urug‘ va o‘g‘it portlashga qadar ham import qilinardi va faqat xorijiy valutaga sotib olish mumkin edi. Natijada livanlik dehqonlar ko‘proq daromad keltiradigan kannabis yetishtirishga o‘tishdi. 2021 yil 29 mart.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Hassan Ammar / AP / Scanpix / LETA

Bayrut ko‘chalaridagi bolalar chiqindi titishmoqda. Portlashga qadar Livan aholisining to‘rtdan bir qismini Falastin, Suriya va Iroqdan kelgan qochqinlar tashkil etardi. Portlashdan so‘ng livanliklarning 300 mingdan ortig‘i uysiz qoldi. BBC reportajida aytilishicha, ko‘plab livanliklar yashashga joyi yo‘qligidan qochqinlar uchun mo‘ljallangan lagerlarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan. 2021 yil 12 aprel.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Diego Ibarra Sanchez / Getty Images

Livanning sobiq bosh vaziri Rafiq Haririy nomidagi Bayrut universiteti gospitalining intensiv terapiya bo‘limida hamshira ibodat qilmoqda. Mamlakatda dori-darmon va tibbiy maqsadlardagi mahsulotlarning o‘tkir taqchilligi yuzaga kelgan, bu koronavirus pandemiyasi davrida ayniqsa bilinmoqda. 2021 yil 15 yanvar.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Mohamed Azakir / Reuters / Scanpix / LETA 

Bayrutdagi bankomat. Portlashga qadar ham Livan og‘ir iqtisodiy vaziyatda edi, banklar likvidlik defitsiti sharoitida edi. Milliy valuta, livan funti, AQSh dollariga fiksatsiyalangan kurs bilan bog‘langan — ammo dollarni funtga almashtirish imkonsiz, qora bozordagi kurs esa doimiy ravishda o‘sib boradi. Ko‘plab banklar shunchaki naqd pul berishni to‘xtatgan va o‘z bo‘limlarini yopib qo‘ygan. 2021 yil 17 mart.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Anwar Amro / AFP / Scanpix / LETA

Bayrutdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida navbatda turgan avtomobillar. Yonilg‘i taqchilligi ham yuqori darajada. 2021 yil 11 iyun.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Mohamed Azakir / Reuters / Scanpix / LETA

Livanlik talabalar o‘qish uchun narxlar oshishiga qarshi namoyish qilmoqda. Dekabrgacha narxlar rasmiy kursga bog‘langandi (bir AQSh dollariga 1500 funt), ammo ayrim universitetlar milliy valuta keskin qadrsizlangani munosabati bilan o‘z narxnomalarini qayta ko‘rib chiqdi. Bu esa amalda o‘qish narxlari ikki barobardan ko‘proq oshishiga olib keldi, natijada oliy ta'lim olish ko‘plab talabalar uchun yetib bo‘lmas hashamatga aylanib qoldi. Namoyishchilar politsiya tomonidan shafqatsizlik bilan tarqatilgan. 2020 yil 29 dekabr.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Mohamed Azakir / Reuters / Scanpix / LETA

Politsiya ichki ishlar vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan Muhammad Fahmining qarorgohi oldida yig‘ilgan namoyishchilarga ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llamoqda. Fahmi ishlagan hukumat portlashdan keyin iste'foga chiqqan, ammo shu vaqtgacha yangi hukumat shakllantirilmadi, shu tufayli avvalgi vazirlar o‘z lavozimida qolishda davom etishdi. Fahmi portdagi portlash bo‘yicha ishdagi katta tergovchiga mamlakat milliy xavfsizlik xizmati rahbari Abbos Ibrohimni so‘roq qilishni taqiqlagan. Shu vaqtga qadar Livandagi birorta yuqori martabali amaldor ushbu ish bo‘yicha javobgarlikka tortilmadi. 2021 yil 13 iyul.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Daniel Carde / ZUMA / Scanpix / LETA

Baliqchilar Bayrut bandargohidan Kabutar qoyasi orqali ochiq dengizga baliq ovlagani chiqishmoqda. Inqirozgacha ular bir kilogramm baliq uchun 10 ming funt olishardi (u vaqtda bir dollar ming funt turardi). Hozirda esa bir kilogramm baliq uchun 25 ming funt olishadi — ammo qora bozorda bir dollar kamida 18 ming funt turadi. Qolaversa, endi ular qayiqlarini ta'mirlash uchun kerakli ehtiyot qismlarga ega emas, stansiyalarda ham yonilg‘i yo‘q. 2021 yil 26 iyun.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Dylan Collins / AFP / Scanpix / LETA

Butun Bayrut bo‘ylab yana bir bor tok o‘chib qolgan — hatto milliy energetik kompaniya Electricite du Liban (oldingi plan) shtab-kvartirasida ham. Mamlakat budjetida elektrostansiyalar uchun xorijdan yoqilg‘i sotib olishga mablag‘ yo‘q, xorijiy donorlar esa Livan hukumati korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli islohotlar boshlamaguncha, moliyaviy yordam ajratmasligini bildirgan. 2021 yil 3 aprel. 

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Anwar Amro / AFP / Scanpix / LETA

Bayrutda yashovchi kishi sham yorug‘ida chekmoqda. 2021 yil iyulida mamlakatning eng yirik elektrostansiyasi yoqilg‘i sotib olishga mablag‘ topilmagani tufayli bir necha kun ishlamay qoldi. 2021 yil 10 iyul.

g[ojd0fsd925489-2.jpg (1280×856)
Mohamed Azakir  / Reuters / Scanpix / LETA

Livanlik arxitektor Nadima Karama Bayrut portidagi fojia qurbonlariga atab yasagan haykal. 2021 yil 2 avgust.

Mavzuga oid