Bayrutdagi portlaş sabablari böyiça bir-biridan farqli ma'lumotlar tarqaldi. Dastlabki xabarlarda bu pirotexnika vositalari saqlangan ombordagi portlaş ekani aytilgan bölsa, keyinroq binoda kimyoviy vositalar saqlangani haqida ham ma'lumotlar paydo böldi. Bu portlaşda isroilliklarning qöli borligi haqidagi xabarlar Isroil hukumati tomonidan ham, Livan hukumati tomonidan ham rad etildi.

Portlaş sodir bölgan binodan 10 kilometrgaça bölgan inşootlar zarar körgan, oynalari singan, devorlari qulagan. Sönggi ma'lumotlarga köra 30 kişi portlaş oqibatida halok bölgan, 2,5 mingdan ortiq odam jarohat olgan. Al Arabia naşri e'lon qilgan videoda yerda yotgan jasadlar köringan. Mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Hamad Hasan jabrlanganlar juda köp ekanini aytdi.

Halok bölganlar orasida «Al-Kataib» partiyasi boş kotibi ham bor.

Qurbonlar va jarohatlanganlar soni ösişi kutilmoqda.

https://ok.ru/videoembed/1617658776255

«Bu terakt emas»
Livan xavfsizlik xizmati rahbari Abbos Ibrohimning aytişiça, portlaş sodir bölgan binoda musodara qilingan portlovçi vositalar saqlangan. Bu portlaş terakt emasligi aytilmoqda. «Hizbulloh» harakati portlaşga aloqasi yöqligini ma'lum qilgan.

Portlaş terakt oqibatida sodir bölgani haqidagi versiya ham bejiz paydo bölgani yöq edi. Juma kuni BMT tribunali 2005 yilda terakt sabab öldirilgan Livan boş vaziri Rafiq Haririy işi böyiça 4 kişini sirtdan hibsga oliş böyiça qaror çiqarişi kutilgandi. Şu bois portlaşga Isroil hukumati hamda Livanda faoliyat yurituvçi va Eron tomonidan qöllab-quvvatlanişi aytiladigan «Hizbulloh» harakatining aloqasi borligi haqida xabarlar paydo bölgandi.

«Bu Hirosima va Nagasakidagi portlaşga öxşaydi»
Bayrut şahri hokimi Marvon Abbud sodir bölgan portlaşni Ikkinçi jahon uruşi yakunida Yaponiyaning Hirosima va Nagasaki şaharlarida sodir bölgan atom bombasi portlaşiga öxşatdi. «Umrim bino bölib bunaqa portlaşni körmaganman. Bu milliy falokat», dedi poytaxt rahbari. Livan boş vaziri Hasan Diab portlaşdan söng favqulodda hukumat yiğilişini çaqirgan. U 5 avgustda mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilişi kutilmoqda.

Şifoxonalar tölib-toşgan