21:59 / 09.08.2021
12117

Hindistonda Bluetooth-quloqchin portlashi inson o‘limiga sabab bo‘ldi

Portlashga mahsulotning sifatsizligi yoki tok kuchlanishi o‘zgarishi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Foto: tv9marathi.com

Hindistonda 28 yoshli erkak telefonda suhbatlashayotgan vaqtida Bluetooth-quloqchin portlashi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Voqea Rajaston shtatida sodir bo‘ldi, deb yozadi ixbt.com.

Xabar qilinishicha, quloqchin Rakesh Kumar Nagarning quloqlari ichida portlagan. U shifoxonaga olib borilgan, shifokorlar uning o‘limini qayd etgan. 

Ma'lumot berilishicha, u quloqchindan foydalanayotgan vaqtda smartfoni quvvat olayotgan bo‘lgan. Portlashga mahsulotning sifatsizligi yoki tok kuchlanishining o‘zgarishi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Quloqchin qaysi brendga tegishli ekani ma'lum qilinmagan, ammo u mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsuloti ekani aytilmoqda.

Top