18:15 / 02.12.2021
11125

«Olimpik» o‘tish o‘yinida «Mash'al» ustidan irodali g‘alabaga erishib, o‘z tarixida ilk marta Superligaga yo‘llanma oldi

Foto: Tribuna.uz

Toshkentda o‘tgan o‘tish bahsida Pro ligada 3-o‘rinni egallagan «Olimpik» jamoasi Superliganing 12-jamoasi bo‘lgan «Mash'al»ga qarshi maydonga tushdi.

«Paxtakor» stadionida o‘tgan bahsda Aleksandr Xomyakov shogirdlari 57-daqiqada penaltidan gol kiritib, hisobni ochgandi. Ammo o‘yinning keyingi 15 daqiqasi ichida Temur Kapadze murabbiyligidagi «olimpiyachilar» birin-ketin Superliga jamoasi darvozasini ishg‘ol etishdi. 62-daqiqada Jo‘raqo‘ziyev hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 75 va 77-daqiqalarda Temur Mamasiddiqov dublga erishib, «Olimpik» jamoasiga sensatsion tarzda Superliga yo‘llanmasini taqdim etdi – 3:1.

Shu tariqa, 2021 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Superligani 3ta jamoa - «Turon», «Andijon» va «Mash'al» tark etgan bo‘lsa, Pro ligadan «Neftchi», «Dinamo» va «Olimpik» elitaga chiqdi. Qayd etish joiz, Kapadze murabbiyligidagi ushbu jamoa 2021 yilda tashkil etilganiga qaramay, bir yilda Superligaga yo‘llanma oldi.

Superliga o‘tish o‘yini.
2 dekabr (payshanba)
«Olimpik» - «Mash'al» - 3:1

Hakam: Rahimbek Karimov
Gollar: Otabek Jo‘raqo‘ziyev 62, Temur Mamasidiqov 75, 77 - Sirojiddin Qo‘ziyev 57 penaltidan.
«Olimpik»: 12.Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 19. Doston Tursunov, 6. Bekzod Shamsiyev, 9. Temur Mamasidiqov, 44. Shahzod Toirov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev (17. Jaloliddin Sodiqov, 82), 77. Davron Anvarov (10. Farrux Muxtorov, 57), 21. Muhammadaziz Ibrohimov (14. Bektemir Abdumannonov, 82), 23. Abdurauf Bo‘riyev, 37. Alisher Odilov (18. Ruslanbek Jiyanov, 57).
«Mash'al»: 35. Dostonbek To‘xtaboyev, 7. Ifeani Ifeani, 9. Oybek Nurmatov (20. Xudoyorxon Sagdullayev, 81), 11. Samuel Chigoze, 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Jamoliddin Ubaydulloyev, 22. Sirojiddin Qo‘ziyev, 23. Samandar Shukrullayev, 27. Muhammad Yo‘ldoshev, 77. Ibrohim No‘'monov, 99. Jahongirbek Abdusalomov.

Top