O‘zbekiston | 11:00 / 23.12.2021
13826
4 daqiqa o‘qiladi

“Oltin Humo” milliy kinomukofotining tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi 

Foto: Kinematografiya agentligi

Bugun O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan Kinochilar uyida an’anaviy “Oltin Humo” milliy kinomukofotining tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Avval kinoyulduzlar va ijodkorlar an’naviy qizil yo‘lakchadan o‘tishdi. 

Tadbir boshida kino sohasida yil davomida amalga oshirilgan ishlar aks etgan maxsus videorolik taqdim etildi. So‘ngra, bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov so‘zga chiqishdi. Barchani bayram shukuhi bilan muborakbod etishdi. 

Foto: Kinematografiya agentligi
Foto: Kinematografiya agentligi

Tadbir davomida o‘tganlar yod etilib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. O‘zbek kinosining darg‘alari tadbir davomida yana bir bor eslanib, so‘ngra tadbir davomida MDH davlatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar tanishtirildi. 

Foto: Kinematografiya agentligi

Tadbir davomida O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov kinodagi faoliyatini yodga olib, “Temir xotin” filmidagi saundtreki bilan mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Foto: Kinematografiya agentligi

Shuningdek, Madaniyat vaziri, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “San’atdan baxtini topganlar” nomli qo‘shig‘ini ijro etdi. 

“Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘z egalariga topshirildi:

  • Eng yaxshi hujjatli film: “Xalq jasorati”, rejissyor Ali Hamroyev;
  • Eng yaxshi animatsion film: “Avtosarguzashtlar 4”, rejissyor Abdulatif Haydarov;
  • Eng yaxshi kompyuter grafikasi: “Ibrat” filmi uchun Dilshod Latifxo‘jayev;
  • Eng yaxshi kino bastakori: “Rangsiz tushlar” filmi uchun Ubaydulla Karimov;
  • Eng yaxshi montaj ishi: “Tengiz” filmi uchun Xurshid Alixo‘jayev;
  • Eng yaxshi grim rassomi: “Ilhaq” filmi uchun Zilola Sobirova;
  • Eng yaxshi libos bo‘yicha rassom ishi: “Ilhaq” filmi Zuhra G‘aniyeva;
  • Eng yaxshi rassom ishi: “Qo‘qon shamoli” filmi uchun Isobek Egamberdiyev;
  • Eng yaxshi ovoz rejissyori: “Ilhaq” filmi uchun Anvar Fayzullayev;
  • Eng yaxshi ssenariy: “Rangsiz tushlar” filmi uchun Umid Hamdamov;
  • Eng yaxshi operatorlik ishi: “Ilhaq” filmi uchun Jahongir Ibragimov;
  • Eng yaxshi rejissyorlik ishi: “Rangsiz tushlar” filmi uchun Ayub Shahobiddinnov;
  • Eng yaxshi ayol roli: “Ilhaq” filmi uchun Dilorom Karimova;
  • Eng yaxshi erkak roli: “Ibrat” filmi uchun Karim Mirhodiyev;
  • Tomoshabin mehrini qozongan film “Qor yog‘moqda, oppoq qor”, rejissyor Rixsivoy Muhammadjonov,
  • Yilning eng yaxshi filmi “Ilhaq” filmi uchun rejissyor Jahongir Ahmedov.

“Oltin Humo” milliy kinotaqdimotiga xorijiy mehmonlar, ijodkorlar, mutaxassislar, blogerlar va yoshlar tashrif buyurishdi.

Ma’lumot uchun, ertaga rejissyor Azamat Ahrorovning “Lolagulim” kinokartinasining ilk katta premerasi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Kinematografiya agentligi
Foto: Kinematografiya agentligi
Foto: Kinematografiya agentligi
Foto: Kinematografiya agentligi
Foto: Kinematografiya agentligi
Foto: Kinematografiya agentligi
Foto: Kinematografiya agentligi
Foto: Kinematografiya agentligi
Foto: Kinematografiya agentligi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid