YeI Jahon savdo tashkilotiga Rossiyaga nisbatan 290 mlrd yevrolik da’vo kiritdi
Da’voga ko‘ra, Rossiyaning davlatga aloqador kompaniyalari davlat xaridlarida asossiz imtiyozlarga ega bo‘lmoqda hamda tenderlarda 15-30 foizga pasaytirilgan qiymatlarda ariza bermoqda.
Yevroittifoq Rossiyaga nisbatan kiritgan da’vosini 290 mlrd yevro deb baholadi. YeIning fikricha, Rossiya ana shu qiymatdagi Yevropa mahsulotlarini «kamsitgan».
YeI bu borada Jahon savdo tashkilotiga murojaat qilgan.
Da’voga ko‘ra, Rossiyaning davlatga aloqador kompaniyalari davlat xaridlarida asossiz imtiyozlarga ega bo‘lmoqda hamda tenderlarda 15-30 foizga pasaytirilgan qiymatlarda ariza bermoqda.
Shuningdek, YeI xaridlardagi milliy kvotalardan norozi bo‘lgan. Qayd etilishicha, 250ga yaqin mahsulotlar guruhining 90 foizini milliy mahsulotlar tashkil etadi.
Bunday «aralash cheklov va rag‘batlar» xorij ishlab chiqaruvchilarini kamsitadi va Jahon savdo tashkiloti qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi, degan fikrni bildirgan YeI.
Jahon savdo tashkiloti mazkur bahsni ko‘rib chiqishini ma’lum qilgan.
Rossiya Jahon savdo tashkilotiga 2011 yilda a’zo bo‘lgan.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54 / 25.12.2024