Qashqadaryoda nafaqa tayinlashda yordam berganini aytib, fuqarodan pul so‘ragan MFY raisi o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Nasafnews
Ijtimoiy tarmoqlarda Dehqonobod tumanidagi MFY raisi o‘rinbosari nafaqa tayinlanishida ko‘maklashganini aytib, fuqarodan pul talab qilgani, pulni klik orqali olishga uringani haqida xabarlar tarqaldi. Dehqonobod tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, hozirda MFY raisi o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro Yu.M. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilgan.
Uning arizasi yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish davomida Dehqonobod tumanida yashovchi H.B. 2021 yilning 29 yanvar kunidan hozirgi kunga qadar MFY raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelib, xizmat mavqeyidan foydalanib, boshqalar bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan.
So‘ng o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, o‘zlarida bo‘lmagan vakolatlarni namoyon qilib, 2021 yilning noyabr oyida fuqaro Yu.M.ga 14 yoshga to‘lmagan besh nafar farzandi uchun kam ta’minlangan oilalarga ajratiladigan ijtimoiy nafaqa chiqarib berishini va’da qilib, undan jami 250 ming so‘m pullarni talab qilib olgan va firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan MFY raisi o‘rinbosari H.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi
Jamiyat | 15:26
-
Taxtaqoracha dovonida yana yong‘in chiqdi
Jamiyat | 15:21
-
Ilon Mask «Amerika» nomli yangi partiya tuzishini e’lon qildi
Jahon | 15:19
-
O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Sport | 15:09
Mavzuga oid

15:56 / 24.06.2025
Yana bir sobiq “zamhokim” ozodlikdan mahrum qilindi

14:02 / 13.06.2025
Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi

09:51 / 05.11.2024
Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olindi

18:54 / 24.02.2024