11:45 / 24.01.2022
46441

Yunusobod tumani hokimi o‘zgardi

Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimov ishdan ketdi. Uning o‘rnini prokuror egalladi.

Bahodir Abduvaliyev Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar bermoqda.

Bahodir Abduvaliyev

Bahodir Abduvaliyev 1968 yil 27 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1992 yilda Toshkent davlat universitetini( hozirgi O‘zMU), 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 

1992 yildan hozirga qadar huquq-tartibot idoralarida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, 2019 yildan Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan.

Ma’lumot uchun, Yunusobod tumaniga shu vaqtgacha Jahongir Ibrohimov rahbarlik qilayotgandi.

Jahongir Ibrohimov

2017-2020 yillarda Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2020 yil 25 avgustdan Toshkent shahri Bektemir tumanini boshqargan Jahongir Ibrohimov 2021 yil yanvarida Rahmonbek Usmonov o‘rniga Yunusobod tumani rahbari etib tayinlangandi.

Uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yo‘q. 

Mavzuga oid
Top