Toşkent şahrining Yunusobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Kun.uz manbasining ma'lum qilişiça, şu vaqtgaça Toşkent şahri Bektemir tumani hokimi vazifasida işlab kelgan Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlangan.
Oldinroq 2018 yildan buyon Yunusobod tumani hokimi vazifasida işlab kelgan Rahmonbek Usmonov transport vaziri örinbosari bölgani munosabati bilan Yunusobod hokimligidan ketgandi. 14 yanvar kuni Yunusobod tumani hokimligida poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev iştirokida ötkazilgan sessiyada Jahongir Ibrohimov tumanning yangi hokimi sifatida taniştirilgan.
Jahongir Ibrohimov 1982 yil Toşkent viloyatida tuğilgan. 2006 yil Toşkent arxitektura va quriliş institutini tamomlagan. 2017 yildan 2020 yilning avgustigaça Sirdaryo viloyati hokimi örinbosari lavozimida işlagan. 2020 yil 25 avgustdan hozirgaça Bektemir tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgandi. Bektemir tumaniga kim hokim bölişi hozirça aniq emas.

















