Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
“Azimut” aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi, deb xabar bermoqda Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasiga 2022 yil 28 martda 14-K sonli ruxsatnoma berildi.
Aviakompaniya O‘zbekistonga Rostov-Don - Samarqand - Rostov-Don, Rostov-Don - Urganch - Rostov-Don, Krasnodar - Urganch - Krasnodar va Mineralniye Vodi - Urganch - Mineralniye Vodi yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishi rejalashtirilgan.
Aviakompaniya reyslarni Sukhoi Superjet 100 samolyotlarida amalga oshiradi.
Mavzuga oid
21:20 / 07.01.2025
“Ozarboyjon birorta ham ortiqcha talab qo‘yayotgani yo‘q, Rossiya shartlarni bajarishni paysalga solyapti” - ekspert
18:36 / 07.01.2025
Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot favqulodda Moskvaga qo‘ndi
17:44 / 07.01.2025
Halokatga uchragan AZAL samolyotining «qora quti»lari tahlili yakunlandi
15:18 / 07.01.2025