08:47 / 26.05.2022
14833

«O‘zbekkonsert» direktori o‘zgardi

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi. Bu haqda muassasa xabarida ma’lum qilindi.

Foto: O‘zbekkonsert

Qayd etilishicha, Davron Sheraliyev "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi. 

Shu davrga qadar muassasa direktori vazifasida faoliyat olib borgan Jamoliddin Uzoqov lavozimidan ozod etildi.

Davron Sheraliyev shu kunga qadar O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

U o‘z vaqtida “O‘zbekkonsert”ning konsert va ijro faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.

Ma’lumot uchun, Jamoliddin Uzoqov 2021 yilning may oyi oxirlarida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga rahbar etib tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top