Ryanair JAR fuqarolarini parvozdan oldin afrikaans tilida imtihondan o‘tishga majburlamoqda - OAV
Janubiy Afrika pasportiga ega yo‘lovchilar afrikaans tilida umumiy bilim imtihonidan o‘ta olmasa, Ryanair reyslariga chiqishi rad etilmoqda, deb xabar berdi Financial Times.

Foto: DPA
Irlandiyaning Yevropadagi eng yirik loukoster aviakompaniyasi Ryanair Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) fuqarolaridan Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlariga uchadigan samolyotlarga chiqishga ruxsat berishdan oldin turli sohalardagi savollar bilan afrikaans tilida imtihon topshirishini talab qilmoqda. Bu haqda 5 iyun, yakshanba kuni Britaniyaning Financial Times gazetasi ushbu protseduradan o‘tishga majbur bo‘lgan bir necha kishiga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, JAR pasporti egalari, jumladan, Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi bunday fuqarolar, agar testdan o‘ta olmasa, reyslarga chiqishdan mahrum etilishi haqida ogohlantirilgan. Shu bilan birga, gazetaning ta’kidlashicha, afrikaans Janubiy Afrikada uchinchi eng keng tarqalgan tildir va aparteid davrida aholi bu tilda gapirishga majbur bo‘lgan. Ryanair bu talabni soxta JAR pasportlari ko‘payib ketgani bilan bog‘ladi. JARdan kelgan sayohatchilar aviatashuvchini irqiy kamsitishda ayblamoqda.
FT ixtiyorida bo‘lgan test 15 savoldan iborat. Masalan, JARda yo‘lning qaysi tomonidan harakat amalga oshirilishi yoki mamlakatdagi eng katta tog‘ cho‘qqisining nomi qanday ekaniga javob berish kerak. Aviakompaniya Buyuk Britaniyaga sayohat qilayotgan JAR pasportiga ega yo‘lovchilar «afrikaans tilida oddiy so‘rovnomani» to‘ldirishi kerakligini tasdiqladi. «Agar ular buni uddalay olmasa, ularga parvoz bo‘yicha rad javobi beriladi va pullari to‘liq qaytariladi», dedi Ryanair.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron va Isroil Trampning bayonotlaridan keyin ham bir-biriga zarba berishda davom etdi
Jahon | 11:41
-
Qibrayda yo‘lovchi tashuvchi avtobus YTHga uchradi
Jamiyat | 11:26
-
Prezident Malayziya bilan iqtisodiy sheriklik muhimligini qayd etdi
O‘zbekiston | 11:13
-
Krasnogorskda dron parchalari ko‘p qavatli binoga borib urildi
Jahon | 11:12
Mavzuga oid

14:34 / 13.06.2025
Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi

21:12 / 10.04.2025
JARda pingvin sabab vertolyot falokatga uchradi

10:06 / 30.03.2025
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi

13:43 / 15.03.2025