07:22 / 09.06.2022
7592

Turkish Airlines Istanbuldan Buxoroga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Joriy yilning 7 iyun kuni Turkish Airlines aviakompaniyasi samolyoti Buxoro aeroportiga kelib qo‘ndi. Aeroportda tantanali tadbir tashkil etildi. 

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, aviakompaniya tomonidan Istanbul – Buxoro – Istanbul yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari bajariladi. 

Hozirda O‘zbekiston va Turkiya shaharlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan muntazam aviaqatnovlar soni 56 taga yetdi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Xususan, Uzbekistan Airways hamda Turkish Airlines tomonidan paritet asosida Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishida haftasiga 17 tadan, Urganch – Istanbul – Urganch yo‘nalishida haftasiga 2 tadan, Samarqand –Istanbul – Samarqand yo‘nalishida haftasiga 4 tadan, Farg‘ona – Istanbul –Farg‘ona yo‘nalishida haftasiga 3 tadan va Buxoro – Istanbul – Buxoro yo‘nalishida haftasiga 2 tadan muntazam qatnovlar amalga oshirilmoqda.

Bundan oldin BAA kompaniyasi Samarqand va Toshkentga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat olgandi.

Mavzuga oid
Top