O‘zbekiston | 20:17 / 13.06.2022
9439
2 daqiqa o‘qiladi

Savdo-sanoat palatasi uzoq qishloqlardagi mebelchilar uchun ko‘rgazma tashkil qildi

13 iyun kuni “O‘zekspomarkaz”da Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan “Made in Uzbekistan: mebel, interer, dizayn” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident tashabbusi bilan Buvayda tumanida “Mebelchilik sanoat zonasi” tashkil etildi. Joriy yilning 12-13 may kunlari Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida tashkil etilgan “Mebelchilik sanoat zonasi” bilan tanishib chiqdi va Buvayda tajribasi misolida Mebellar ko‘rgazmasi o‘tkazish topshirig‘i berildi.

Savdo-sanoat palatasi tomonidan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 13 iyun kuni “O‘zekspomarkaz”da “Mebel sanoati, interer va dizayn” ko‘rgazmasi o‘z faoliyatini boshladi.

Buvayda tumani misolida mamlakatimizning eng uzoq qishloqlaridagi barcha tadbirkorlar ushbu ko‘rgazmada mutlaqo hech qanday to‘lovlarsiz qatnashish va ular o‘zlarining mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri jahonning istalgan davlatiga sotish imkoniyatlari paydo bo‘lmoqda.

Ko‘rgazmani Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov ochib berdi.

Palata raisi o‘z nutqida davlatimiz rahbari tomonidan mahalliy sanoatni rivojlantirish va raqobatbardosh mahsulotlarni o‘zlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Ko‘rgazmada Respublikaning barcha viloyat va tuman, hatto kichik qishloqlardan 80 ga yaqin tadbirkorlar ham ishtirok etishmoqda.

Ko‘rgazma o‘z ishini 16 iyunga qadar davom ettiradi.

Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati (T)

Mavzuga oid