18:59 / 21.07.2022
12924

Toshkentda Samsung Electronics kompaniyasining rasmiy do‘koni va servis markazi ochildi

Foto: Samsung Electronics

Samsung kompaniyasining rasmiy do‘koni O‘zbekiston uchun noyob formatda ochildi. Bu yerda Galaxy seriyasining barcha smartfonlari, maishiy texnikaning eng yangi avlodini topish hamda servis xizmatiga ega bo‘lish mumkin.

Foto: Samsung Electronics

16 iyul kuni Toshkentda Samsung kompaniyasining yangi rasmiy do‘koni va yangilangan servis markazi ochildi. Tantanali marosim Mercato savdo-ko‘ngilochar markazida bo‘lib o‘tdi. Ochilish sharafiga tashrif buyuruvchilar uchun katta bayram tashkil etilib, promoaksiyalarga start berildi.

Foto: Samsung Electronics
Foto: Samsung Electronics

Boshlovchi Ravshan Hojiyev rasmiy do‘kon va servis markazining ochilishi haqida tantanali ravishda e’lon qildi. Tadbir DJ King Macarella hamda karnay-surnay sadolari ostida boshlandi. So‘ngra boshlovchi qiziqarli tanlovlarni o‘tkazdi va unda qatnashgan mehmonlar qimmatbaho sovg‘alar va sovrinlarga ega bo‘ldi.

Foto: Samsung Electronics
Foto: Samsung Electronics

So‘ngra tantananing rasmiy qismi - lenta qirqish jarayoni o‘tkazildi. Samsung Electronics kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili janob Minki Chu hamda yangi rasmiy do‘kon va servis markazining rahbari Yanis Li bayram nutqi bilan chiqdi.

Foto: Samsung Electronics

Yangi formatdagi Samsung rasmiy do‘koni va servis markazida xaridorlar nafaqat qurilmalarni ko‘rish yoki sotib olish, balki ilg‘or funksiyalar haqidagi professional konsultatsiyaga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Xodimlar qurilmalarning texnik xususiyatlari bilan tanishtirishga va qurilmalarni tanlashda yordam berishga doim tayyor.

Foto: Samsung Electronics

Qulay tomoni — do‘kon va servis markazining bitta hududda joylashganligi. Endi professional konsultatsiyani va servis xizmatini bir joyda olish imkoniyati bor.

“7 Days” manfaatli aksiyasi

Samsung Electronics kompaniyasi ochilishi munosabati bilan promoaksiyani e’lon qildi. Aksiya rasmiy do‘kon ochilgan paytdan boshlab dastlabki yetti kun davomida 23 iyulga qadar davom etadi. Xaridni amalga oshirgan xaridorlarni qimmatbaho sovg‘alar kutadi:

- Galaxy Z Fold3 | Flip 3 va Galaxy S21FE | S20 FE smartfonlarini, Galaxy S22 seriyasini xarid qilganda, sovg‘aga Galaxy Watch Active2 smart soatiga ega bo‘lasiz;

- planshetlar (istalgan modeldagi) xarid qilganda – sovg‘aga Galaxy Buds Live simsiz quloqchinlarini olasiz;

- Galaxy A seriyasidagi istalgan smartfonni xarid qilganda – sovg‘aga Level U2 quloqchinlari taqdim etiladi.

Foto: Samsung Electronics

Sovg‘alar soni cheklangan. Agar sovg‘alar 23 iyulgacha tugasa, aksiya muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 57, Mercato SM, 13/14-do‘kon.

Sayt: samsung.uz

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @samsunguzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top