Jahon | 12:35 / 22.07.2022
8463
1 daqiqa o‘qiladi

YeMB asosiy stavkani 50 bazaviy punktga oshirishga qaror qildi

2011 yildan beri birinchi marta asosiy stavkani oshirish bilan YeMB inflatsiyani o‘rta muddatli istiqbolda 2 foizlik darajaga qaytarishni maqsad qilgan.

Foto: Picture Alliance

Yevropa Markaziy banki (YeMB) 21 iyul, payshanba kuni asosiy stavkani 50 bazaviy punktga oshirdi. Bunday qaror regulyator kengashi yig‘ilishida qabul qilindi. Shu tariqa, 27 iyuldan boshlab asosiy qayta moliyalash operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkasi hamda marja kredit liniyasi va depozit liniyasi bo‘yicha foiz stavkalari mos ravishda 0,50 foiz, 0,75 foiz va 0,00 foizgacha oshiriladi.

YeMB ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sish, 2011 yildan beri birinchisi bo‘lib, boshqaruvchilar kengashi tomonidan inflatsiya xavfini baholash bo‘yicha yangilangan axborotlarga asoslangan. Qaror inflatsiyani o‘rta muddatli istiqbolda 2 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga qaytarishga yordam beradi.

Bank asosiy stavka yana oshirib borilishini istisno qilmayapti. Unga kiritilishi mumkin bo‘lgan keyingi o‘zgartirishlar boshqaruv kengashining keyingi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqiladi. 

Mavzuga oid