AQSh Senati Rossiyani terrorizm homiysi deb tan olishga chaqirdi
Hozirda Suriya, Kuba, Shimoliy Koreya va Eron terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan o‘rin olgan.
AQSh Senati davlat departamentini Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat deb tan olishga chaqirdi. AQSh Kongressi saytida bu boradagi tegishli hujjat e’lon qilindi.
Hujjatga muvofiq, Rossiya ikkinchi chechen urushi, Suriyadagi kampaniya hamda “DXR” va “LXR”ni qo‘llab-quvvatlash chog‘ida tinch aholiga qarshi terror kampaniyasi o‘tkazish va kuch ishlatishda ayblanmoqda. AQSh Senati Rossiyaning bu harakatlari terrorizm aktlarini qo‘llab-quvvatlash deb hisoblamoqda.
Hozirda terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan Suriya, Kuba, Shimoliy Koreya va Eron o‘rin olgan.
Bu ro‘yxat AQSh uchun qo‘shimcha sanksiyalar kiritish, qurol savdosini to‘liq taqiqlash va iqtisodiy yordam ko‘rsatmaslik imkonini beradi.
Davlat departamenti vakili Ned Prays AQSh Rossiyani bu ro‘yxatga kiritishda qonunga tayanishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
19:17 / 26.12.2024
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
18:33 / 26.12.2024
«Uyda yolg‘iz» filmidagi mashhur uy sotib yuborildi
16:03 / 26.12.2024
Oq boshli burgut rasman AQShning milliy qushiga aylandi
11:34 / 26.12.2024