02:01 / 14.09.2022
18951

YeChL. «Bavariya» «Barselona»ni mag‘lub etdi, «Liverpul» «Ayaks»dan ustun keldi, «Atletiko» va «Tottenhem» yutqazdi

Foto: Reuters

Yevropa Chempionlar Ligasida 2-tur bahslari boshlandi.

A guruhida «Liverpul» (3) guruh peshqadami «Ayaks» (3) bilan bahsning so‘nggi daqiqalarda Matipning goli evaziga g‘alabani ilib ketdi. Guruhning ikkinchi o‘yinida 14 sentabr kuni «Reyndjers» (0) «Napoli»ni (3) qabul qiladi.

V guruhida «Bryugge» (6) kutilmaganda safarda «Portu»ni (0) tor-mor etib, peshqadamga aylanib oldi. «Atletiko» (3) esa Leverkuzenda «Bayyer»ga (3) yutqazib qo‘ydi.

S guruhida «Bavariya» (6) Ernandes va Sanening gollari evaziga «Barselona»dan (3) ustun kelib, yakkapeshqadamga aylandi. «Inter» (3) Plzenda «Viktoriya»ni (0) mag‘lubiyatga uchratdi.

D guruhida «Tottenhem» (3) 90 va 90+3-daqiqalarda to‘p o‘tkazib, «Sporting»ga (6) imkoniyatni boy berdi. «Ayntraxt» (3) «Marsel» (0) maydonida minimal hisobda g‘alaba qozondi.

YeChL. 2-tur. 13 sentabr

A guruhi
Liverpul — Ayaks 2:1
Gollar:
Saloh (17), Matip (89) — Quddus (27).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Tsimikas, Tiago (Baychetich, 90+4), Fabino, Elliott (Firmino, 66), Saloh, Jota (Nunes, 66), Dias (Milner, 90+1).
Ayaks – Pasveyer, Rensx (Sanches, 68), Bassi, Timber, Blind, Alvares, Taylor (Grillich, 80), Quddus (Brobbi, 86), Tadich, Bergeys, Bergveyn.

V guruhi
Bayyer — Atletiko 2:0
Gollar:
Andrix (84), Diabi (87).
Bayyer – Gradetski, Kossunu, Ta, Tapsoba (Bakker, 89), Inkapie, Demirbay, Andrix, Hadson-Odoi (Amiri, 90+1), Shik (Arangis, 89), Diabi (Ozmun, 89), Glojyek (Frimpong, 69).
Atletiko – Grbich, Molina (Grizmann, 63), Vitsel, Felipe, Ermoso, Reynildu (Karrasko, 62), Koke, Saul (de Paul, 46), Lorente, Morata (Kunya, 73), Felish (Korrea, 73).

Portu — Bryugge 0:4
Gollar:
Yutgla (15, penalti), Soua (47), Olsen (52), Nusa (89).
Portu – Koshta, Mariu (Louder, 46), Pepe, Karmu, Sanusi (Vendell, 76), Otavio (Borjyesh, 61), Uribe, Eushtakiu, Pepe, Evanilson (Martines, 46), Galeno (Veron, 61).
Bryugge – Minole, Odoi, Mexele, Silla (Boyata, 65), Meyyer (Sobol, 75), Vanaken, Nilsen, Nvadike, Olsen (Yaremchuk, 71), Soua, Yutgla (Nusa, 75).

S guruhi
Bavariya — Barselona 2:0
Gollar:
Ernandes (50), Sane (54).
Bavariya – Noyyer, Pavar (Mazraui, 21), Ernandes, Upamekano, Devis, Zabitser (Goretska, 46), Kimmix, Myuller, Mane (Gnabri, 70), Sane (Tel, 80), Musiala (Gravenberx, 80).
Barselona – ter Stegen, Kunde, Kristensen (Garsiya, 70), Arauxo, Alonso, Buskets (Kesse, 80), Pedri, Gavi (de Yong, 61), Levandovski, Dembele (Fati, 80), Rafinya (Torres, 61).

Viktoriya Plzen — Inter 0:2
Gollar:
Jyeko (20), Dumfris (71).
Viktoriya Plzen – Stanek, Gavel (Golik, 76), Geyda, Pernitsa, Yemelka, Sikora (Yirka, 71), Vlkanova (Chermak, 84), Kalvax (Ndiay, 76), Buxa, Moskera, Xori (Bassi, 71). 
Inter – Onana, Dumfris, Acherbi, Shkrinyar, Bastoni (D`Ambrozio, 64), Gozens, Mxitaryan (Chalxono‘g‘li, 72), Brozovich (Aslani, 84), Barella (Galyardini, 72), Jyeko, Korrea (Martines, 72).

D guruhi
Marsel — Ayntraxt 0:1
Gol:
Lindstrem (43).
Marsel – Lopes, Kloss, Kolashinats, Bayi (Genduzi, 65), Balerdi, Tavaresh, Payyet (Under, 60), Veretu, Ronjye (Kabore, 82), Jyerson (Harit, 59), Sanches (Suares, 59).
Ayntraxt F – Trapp, Hasebe, Ndika, Tuta, Yakich (Chendler, 79), Gyotse (Rode, 71), Sou, Kamada (Dina, 88), Lindstrem (Borre, 79), Kolo-Muani (Alario, 88), Knauff.

Sporting — Tottenhem 2:0
Gollar:
Paulinyu (90), Gomes (90+3).
Sporting – Adan, Porro, Koates, Reys, Inasiu, Santush (Esjayyu, 90+2), Ugarte, Morita (Sitoris, 71), Gonsalvesh, Edvards (Gomes, 90+2), Trinkau (Paulinyu, 76). 
Tottenhem – Loris, Emerson, Dayyer, Devis, Romero, Perishich, Hyoyberg, Bentankur, Son (Kulusevski, 72), Keyn, Risharlison.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top