11:09 / 03.10.2022
4704

Slovakiya poytaxtida mashina avtobus bekatidagi odamlarni urib ketdi

Bratislavada avtobus bekatiga avtomashinaning bostirib kirishi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Yana yetti kishi jarohatlangan.

Foto: Picture Alliance

2 oktyabr, yakshanba kuni kechqurun Slovakiya poytaxti Bratislava markazidagi avtobus bekatiga avtomobil borib urildi. Politsiya va o‘t o‘chiruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan. Yana yetti kishi jarohatlangan.

Shaharning markaziy qismidagi avtobus bekati Dunayning janubiy qirg‘og‘ida joylashgan shaharning eng zich hududi - Petrjalka tomon avtobus kutayotgan odamlar bilan gavjum bo‘lgan.

Mashina nima uchun avtobus kutayotgan olomon orasiga kirib ketgani noma’lumligicha qolmoqda. Politsiya tomonidan OAVda haydovchining mast bo‘lganligi haqidagi xabarlar tasdiqlanmagan. Hozircha uning terrorchilik niyati alomatlari yo‘q.

Top