10:41 / 04.10.2022
12952

O‘zbekistonda ajrashganlarning yosh kesimidagi soni ma’lum qilindi

372 nafar qizlar 20 yoshgacha nikohdan ajrashgan.

Foto: Getty Images

2022 yilning yanvar-avgust oylarida yosh toifasida nikohdan ajrashganlar soni 20 yoshgacha bo‘lgan ayollarda –  372 nafar, erkaklarda – 8 nafarni tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 20-30 yosh atrofidagi ayollarda – 15 110 nafar, erkaklarda – 9 147 nafarga teng bo‘ldi.

Bundan tashqari, ajrashish ko‘rsatkichi 31-40 yoshli ayollar o‘rtasida – 10 522 nafarni, erkaklarda – 13 287 nafarni tashkil qildi.

Ushbu raqam qolgan yosh toifadagilar quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

41-50 yosh: ayollar – 3 530 nafar, erkaklar – 5 093 nafar;
51 yosh va undan kattalar: ayollar – 3 091 nafar, erkaklar – 5 090 nafar.

Mavzuga oid
Top