19:57 / 28.10.2022
10049

O‘zbekiston va Tojikiston yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini tashkil etishga kelishib oldi 

Dushanbe va Toshkent xalqaro ahamiyatga molik yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldilar. 

Foto: khovar.tj

Toshkentda Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Muxtorov mamlakatlar o‘rtasidagi bojxona hamkorligini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. 

Tomonlar Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi «Bekobod» nazorat-o‘tkazish punkti faoliyatini yangilashga kelishib oldilar. Bu o‘tish punkti Toshkent viloyatini Tojikistonning So‘g‘d viloyati bilan bog‘laydi. Tomonlar punktning o‘tkazuvchanligini oshirish zarurligini qayd etishdi. 

Bundan tashqari, suhbatdoshlar ikki davlatning tegishli tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi. Tovar va mahsulotlarni tashishda bojxona xizmatlarining samarali faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. 

Yig‘ilishda bojxona ko‘rigidan o‘tish tartibini tezlashtirish, chegara postlarida avtotransport vositalarini ushlab turishning oldini olish, xalqaro ahamiyatdagi yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini tashkil qilish masalasi ham muhokama qilindi.

Top